Jahon | 23:32 / 28.12.2020
6622
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada qariyalar uyi xodimlari xato sababli koronavirusga qarshi vaksina bilan besh karra ko‘p dozada emlandi

Qayd etilishicha, ularda jiddiy nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmagan. Ammo shunga qaramasdan, ularning to‘rt nafari ehtiyot chorasi sifatida shifoxonaga yotqizilgan. 

Foto: Sina Schuldt / Globallookpress.com

Germaniyadagi qariyalar uyining sakkiz nafar xodimi xato sababli koronavirusga qarshi vaksina bilan besh karra ko‘p dozada emlandi. Bu haqda The Local nashri xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, 38 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan yetti nafar ayol va bir nafar erkak noto‘g‘ri dozada vaksina qabul qilgan. Ular Shtralzund shahridagi qariyalar uyi xodimlari bo‘lishgan va ommaviy vaksinatsiya doirasida emlangan. 

 Qayd etilishicha, ularda jiddiy nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmagan. Ammo shunga qaramasdan, ularning to‘rt nafari ehtiyot chorasi sifatida shifoxonaga yotqizilgan. 

 Yevropada koronavirusga qarshi vaksinatsiya 27 dekabrda boshlandi. Birinchi bosqichda Yevroittifoqning har bir davlatida besh ming nafarga yaqin kishi emlanadi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid