Jamiyat | 19:05 / 28.12.2020
15267
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda mast holda jamoat tartibini buzgan ichki ishlar organi xodimi ishdan bo‘shatildi

Foto: IIV matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organi xodimining mast ahvolda jamoat tartibini buzayotganligi tasvirlangan video tarqaldi. IIV axborot xizmatining ma'lum qilishicha, ushbu xodim ishdan bo‘shatildi.

Videoda IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi xodimi A.A. xizmat kiyimida mast holda jamoat tartibi hamda IIVning me'yoriy buyruq talablarini qo‘pol ravishda buzgani tasvirlangan.

«Ichki ishlar organi xodimining sha'niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etgani, xodimlarga nisbatan fuqarolar tomonidan salbiy fikrlar uyg‘onishiga sababchi bo‘lgani uchun ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi»,  deyiladi xabarda.

Mavzuga oid