Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya davrida Xitoy kompaniyalari trillionlab dollarga qimmatlashdi
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy AQShni ikki baravarga ortda qoldirdi. Amerika kompaniyalari kapitallashuvi joriy yilda 21 foizga o‘sgan.
Foto: Umit Bektas / Reuters
Xitoy iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasidan so‘ng jadal tiklanishi tufayli 2020 yilda mamlakatdagi kompaniyalar aksiyalari qariyb besh trillion dollarga qimmatlashdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yil boshidan 22 dekabrga qadar Xitoy kompaniyalarining kapitallashuvi 41 foizga o‘sgan.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy AQShni ikki baravarga ortda qoldirdi. Amerika kompaniyalari kapitallashuvi joriy yilda 21 foizga o‘sgan.
Avvalroq Xitoy hukumati mamlakatdagi eng badavlat kishilardan biri - Alibaba asoschisi Jyek Maga nisbatan surishtiruv boshlagandi. Bu xabar ortidan kompaniya aksiyalari 11 foizga arzonlashib ketdi va kompaniya kapitallashuvi 694,65 mlrd dollardan 614,5 mlrd dollargacha, ya'ni 80 mlrd dollarga qisqargan.
Mavzuga oid
22:07 / 26.02.2026
Xitoyda aholining semizligi tufayli «shakar solig‘i»ni joriy etish taklif qilindi
15:24 / 26.02.2026
Bloomberg: RF va Eron Xitoyga neft sotish uchun narx urushi olib bormoqda
08:52 / 26.02.2026
Mers Xitoyda Pekinni Ukrainada tinchlik uchun RFga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
07:16 / 26.02.2026