12:47 / 29.12.2020
20648
Reklama

Yangi yilni UZTELECOM'dan UNLIM seriyasining yangilangan tariflari bilan kutib oling!

UZTELECOM o‘z abonentlarini ajoyib yangi yil sovg‘asi bilan xushnud etdi va 2021 yilni UNLIM seriyasining yangilangan tariflari bilan qarshi olishni taklif qilmoqda.

Endilikda yangilangan tariflar to‘plamida xizmatlar Internet tarmog‘iga ulanishning yanada yuqori tezligi bilan ta'minlanadi. Tezlik o‘rtacha 1,5-2 barobarga oshirilgan bo‘lsa, abonent to‘lovining narxi esa avvalgidek o‘zgarishsiz qolgan. Shu bilan birga, tezlik darajasi ko‘rsatkichdan oshgan tarif rejalarda abonent to‘lovining narxi arzonlashtirilgan. Misol uchun, agarda UNLIM 100 tarif rejasining abonent to‘lovi avval 599 000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, endilikda yangi to‘plamda ushbu tarif rejaning abonent to‘lovi 399 000 so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birgalikda, UZTELECOM abonentlarining ko‘plab iltimoslariga ko‘ra, ilk marotaba aholi uchun haqiqatan 300 Mbit/s tezlikka ega bo‘lgan tezkor cheksiz tarif rejalar, shuningdek 1 000 Mbit/s tezlikka ega «gigabit tarif» joriy etildi!

Ko‘plab tariflar ikki karra cheksiz tarifga aylandi, sababi nafaqat Internet trafikka, balki IP-telefoniya uchun butun O‘zbekiston bo‘ylab suhbatlar daqiqasiga cheklovlar olib tashlandi. Yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish hamda sifatli raqamli telefoniya orqali suhbat qurish endilikda cheksiz va uzoq!

UNLIM seriyasidagi tarif rejalarga ulangan joriy abonentlar uchun yangi shartlar 2020 yilning 28 dekabrdan e'tiboran keyingi hisob-kitob davrining birinchi kunidan boshlab (har bir abonent uchun alohida) amal qiladi. Batafsil ma'lumot ushbu havola bo‘yicha – UNLIM seriyasining yangilangan tariflari.

Shuningdek, har bir abonent o‘z xohishiga ko‘ra o‘ziga mos bo‘lgan tariflarni shaxsiy kabinet orqali saytning ushbu havolasi yordamida – cabinet.uztelecom.uz, shu bilan birga MyUZTELECOM mobil ilovasi orqali hamda sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga tashrif buyurgan holda tanlashi mumkin.

Abonentlar uchun tariflarda yoqimli o‘zgarishlar juda ham ko‘p, misol uchun, UNLIM SUMMER aksiyali tarif rejada tezlik 10 Mbit/s o‘rniga 20 Mbit/s ni tashkil qilmoqda. Bir vaqtning o‘zida UNLIM seriyasidagi oltita tarif rejalar (30, 40, 60, 100, 300, 1000) o‘zida cheksiz IP-telefoniya xizmatini mujassam etadi. Avvallari IP -telefoniya bo‘yicha cheksiz suhbatlar faqat UNLIM premium tarif rejasida mavjud bo‘lgan.

Yangi yilni UNLIM seriyasining yangi tariflari bilan kutib oling! UZTELECOM'da faqat tezlik oshmoqda!

UZTELECOM – milliy operator.

Tariflar haqida batafsil ma'lumot bu yerda: UNLIM tariflar seriyasi

Facebook: fb.com/uztelecom

Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz

Instagram: @uztelecomuz

Telegram: t.me/uztelecomuz

MyUZTELECOM ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:

Reklama huquqi asosida

 
Top