Bugungi kunda UZTELECOM bu – şunçaki aloqa operatori emas. Bu – mamlakatimizdagi muhim infratuzilma va texnologik salohiyatni özida mujassam etgan milliy raqamli ekotizimdir. Uning tarixi – faqatgina bir kompaniyaning emas, butun Özbekistonning taraqqiyot va transformatsiya yölini aks ettiradi.

Uşbu körsatuvda boşqa mamlakatlar va yirik xalqaro kompaniyalarga uzoq vaqt talab qilgan bosqiçlarni UZTELECOM qisqa muddat içida muvaffaqiyatli bosib ötgani haqida söz yuritamiz.

Kompaniya 2017 yildan öz tarmoği bilan respublikaning barça hududlarini qamrab olgan yetakçi telekommunikatsiya operatori sifatida, davlat rahbari tomonidan boşlangan keng kölamli islohotlarga hamohang tarzda ösib bordi.

Mamlakatimizning şonli tarixida yangi sahifa oçilgan kundan e’tiboran, ya’ni Yangi Özbekistonning taraqqiyot yölini belgilaş maqsadida işlab çiqilgan strategiyalar va ularda belgilangan çora-tadbirlar kompaniya faoliyatiga ham özining ijobiy ta’sirini ötkazdi. Ötgan yetti yil mobaynida prezident ilgari surgan taşabbuslari samarasi ölaroq, “Özbektelekom” AK tomonidan ham salmoqli işlar amalga oşirildi.

Ma’lumki, rivojlangan jamiyatning hukumat tizimi, bank, sanoat, tibbiyot, ta’lim, xavfsizlik sohalari, şuningdek, iqtisodiyotning boşqa tarmoqlarini olamizmi, ularning faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib bölmaydi. Şu bois bu boradagi dastlabki faoliyatlar prezidentimizning 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi töğrisida”gi qarori hamda 2020 yil 5 oktyabrda imzolangan “Raqamli Özbekiston–2030” strategiyasini tasdiqlaş va uni samarali amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan yanada mustahkamlab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlaşdan boşlandi.

Şu maqsadda kompaniya öz oldiga telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, aloqa xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, faoliyatga ilğor texnologiyalarni joriy etiş va xalqaro standartlarga mos raqamli ekotizimni şakllantiriş kabi tizimli vazifalarni belgilab oldi. Tabiiyki, bu maqsadlar öz-özidan amalga oşmas edi, şu bois eng avvalo davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan ğoyalar asosida islohotlar rejasi işlab çiqildi.

Tizim yangilanişi: telekommunikatsiya sohasida buriliş davri

Strategiyada sohaga oid belgilangan asosiy vazifalardan biri – mamlakatimizda mavjud telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiyalaş va butun respublika hududini zamonaviy optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab oliş edi.