Asosiy özgarişlar quyidagilardan iborat:

Mis örniga optika. Tarmoq zamonaviy GPON va FTTx texnologiyalariga ötkaziladi. Bu esa 100 Mbit/s va undan yuqori tezlikdagi barqaror internetni ta’minlab, avvalgi standartlardan bir neça barobar tezroq imkoniyat beradi.

Tariflarda kengroq imkoniyatlar. Yangilangan paketlarga yuqori tezlik va qöşimça xizmatlar kiritilgan.

Köproq telekanallar. Endi abonentlar 80 dan ortiq emas, balki 120 dan ziyod kanalga ega böladilar. Ularga sport, bolalar, ta’lim va köngiloçar yönalişdagi telekanallar kiradi. Bundan taşqari, TelecomTV xizmati orqali kontentni nafaqat uyda televizorda, balki smartfon va planşetda yölda yoki safarda ham tomoşa qiliş mumkin.

Abonent nimaga ega böladi?

Endilikda foydalanuvçilar filmlar va öyinlardan tortib, iş va öqişgaça bölgan barça ehtiyojlarini qamrab oladigan tez va barqaror internetdan foydalanadilar. Bunga kengaytirilgan telekanallar töplami ham qöşiladi: sport, ta’lim, bolalar va köngiloçar dasturlari. Barça xizmatlardan istalgan qurilmada foydalaniş mumkin – uyda televizorda yoki safarda smartfon va planşetda.

«Bugungi kunda oilaning raqamli hayoti – bu onlayn ta’lim, masofaviy iş, videoaloqa, striming, videokuzatuv tizimlari, aqlli televizorlar va aqlli uydir. 10-15 yil avval yaratilgan eski texnologiyalar endi bunday yuklamani kötara olmayapti. Biz abonentlarimiz uçun bugun va ertaga aloqa tezligi, barqarorligi va işonçliligini ta’minlaydigan zamonaviy optik yeçimlarni joriy etmoqdamiz», – deya ta’kidladi UZTELECOM Axborot xizmati rahbari T.Mamadjanov.

Kompaniya ma’lumotiga köra, modernizatsiya butun mamlakat uçun barqaror texnologik infratuzilmani yaratişga yönaltirilgan raqamli özgarişlar yölining muhim qismi hisoblanadi.

UZTELECOM’ning optik texnologiyalarga keng qamrovli ötişi Özbekiston telekommunikatsiya sohasini rivojlantirişda muhim bosqiç bölib, jamiyatning kundalik hayotiga raqamli xizmatlarni joriy etişni tezlaştiradi.


Reklama huquqi asosida