UZTELECOM: oddiy aloqadan – raqamli ekotizimgaça

Zamonaviy futuristik uslubda interaktiv ekranlar bilan jihozlangan stendda MDHda ilk bor amalga oşirilgan texnologiyalar namoyiş etildi. Taşrif buyuruvçilar yangi xizmatlarni sinab köriş, 10 Gbit/s tezlikdagi real internet körsatkiçlarini kuzatiş va U6G mobil aloqa imkoniyatlari bilan tanişiş fursiga ega böldi. Bu esa ham biznes, ham jismoniy şaxslar uçun jahon darajasidagi xizmatlardan foydalaniş imkonini yaratadi.

Simli internet va mobil aloqada ilğor texnologiyalar: MDHda birinçi marta U6G (5G-Advanced) texnologiyasi joriy etildi

ICTWEEK 2025 doirasida kompaniya MDHda birinçi marta U6G diapazonidagi 5G-Advanced texnologiyasini namoyiş etdi. Bu voqea Özbekistonda mobil aloqaning yangi avlodini boşlab berdi va eng kam keçikiş bilan 10 Gbit/s gaça tezlikka erişiş imkonini yaratdi. Namoyiş vaqtida real tezlik 10,16 Gbit/s gaça yetib, infratuzilmaning amaliy qöllanişga tayyorligini tasdiqladi.

 U6G çastotasi internetning eng yuqori tezligini ta’minlab, strategik ustunlik yaratadi. Bu 6G texnologiyasiga tayyor infratuzilmani şakllantiriş orqali Özbekistonning ilğor raqamli yeçimlar markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

 "Özbekiston 5G-Advanced texnologiyasi, ya’ni U6G çastota diapazoni bilan oldinga ulkan qadam qöymoqda hamda Markaziy Osiyoda raqamli texnologiyalar böyiça yetakçi örinlarni egalamoqda. Biz MDHda birinçi bölib 10 Gbit/s tezlikdagi optik tolali internet va U6G diapazonidagi mobil aloqani işga tuşirayotganimizdan faxrlanamiz. “Özbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi xalqimizga jahon darajasidagi yeçimlarni taqdim etiş uçun öz infratuzilmasini rivojlantirişni davom ettirmoqda", – dedi “Özbektelekom” AK boşqaruv raisi örinbosari Javlon Islomov.

 

Biznes va taşkilotlar uçun yeçimlar

ICTWEEK 2025 doirasida UZTELECOM quyidagi yangi xizmatlarini taqdim etdi:

Bulutli xizmatlar – Tier III darajasidagi data-markazda joylaşgan virtual serverlar, sun’iy intellekt uçun kuçli GPU resurslari, 11 petabaytdan ortiq hajmdagi xavfsiz ma’lumotlar ombori va 99,99% işonçlilik.