ÖzMU professori, ÖzFA Matematika instituti yetakçi ilmiy xodimi sifatida işlab kelayotgan Abror Xudoyberdiyev 34 yoşda. U 2015 yilda fan doktori ilmiy darajasini olgan.

Kun.uz muxbiri Köksaroydagi marosimdan söng yoş olim bilan suhbat uyuştirdi.

Maktab öquvçisi matematika menga nega kerak deb sörasa...

— Ba'zi odamlarda matematika qiyin fan degan tasavvur böladi. Bu töğrimi?

— Töğri, kimlardir matematikani qiyin deb öylaşadi. Uning qiyin emasligini his qiliş uçun unga nisbatan ozgina muhabbat bölişi kerak deb hisoblayman. Agar insonda fanga muhabbat yoki qiziqiş bölmas ekan, unga istalgan usul bilan bölsin örgatib bölmaydi.

Demak, birinçidan, muhabbat kerak. Ikkinçidan, qobiliyat va uçinçidan, mehnatsevarlik. Bu uçalasini matematikning ma'naviy ustuni desa böladi. Maktab öquvçisida dastlabki ikkisi bölsa yetarli, çunki qiziqişi va layoqati bor bolaga matematikani örgatiş qiyin bölmaydi.

Mehnatsevarlik nima uçun zarur – agar insonda muhabbat va qobiliyat bölsayu, u öz ustida işlamasa, közlangan maqsadga erişolmaydi. Ya'ni bu köproq inson oldiga qöygan maqsadlariga boğliq böladi.

— Maktabda öquvçi matematika menga nega kerak deb savol bersa, nima deb javob bergan bölardingiz?

— Albatta, savol juda örinli. Kiçik sinflarda masalalarni bemalol işlab, uni hayotga boğlab yurgan bola katta sinfga ötganda matematik qoidalar, masala-yu formulalar qiyinlaşa boşlaydi. Şunda öquvçida haqqoniy savol paydo böladi – nima uçun kerak: şunçaki örganişim kerakmi, universitetga kirişim uçun kerakmi, kabi. Bu joyda öqituvçining mahorati kerak böladi, ya'ni har bir masalaga alohida yondaşiş zarur.

Agar şunday yöl tutilsa, har bir masalani hayotga tatbiqi bor va uni tuşuntirib beriş mumkin. Bu pedagogning qay darajada mahoratli ekaniga boğliq. Şu tomondan ham kamçiliklarimiz bölsa kerak. Aslida esa maktabdagi barça misol va masalalarni hayotga boğlab tuşuntiriş mumkin.

Matematika yönalişida tahsil olayotgan talabalarga pedagogik tomondan çuqurroq va bolaga qanday yetkazib beriş, tuşuntiriş masalalariga köproq e'tibor qaratiş kerak.