Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkent viloyatida yangi avtomobil bozori quradi
Janubiy Koreyaning Evergreen Motors Co Ltd kompaniyasi Toshkent viloyatida avtomobil savdosi bilan shug‘ullanuvchi markazlashgan savdo majmuasi quradi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov, viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov Evergreen Motors kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Unda xorij kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti Kim Ik Dong va viloyat hokimi Rustam Xolmatov ishtirokida viloyat hududida markazlashgan savdo majmuasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish xususida muzokaralar olib borilib, ikki tomonlama kelishuv imzolandi.
Tadbirda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi yaqin do‘stlik, hamkorlik aloqalari e'tirof etilib, loyihaning tashkiliy ishlarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Kelishuvga ko‘ra, Toshkent viloyatida Janubiy Koreya investorlari bilan hamkorlikda avtomobil savdosi bilan shug‘ullanuvchi markazlashgan savdo majmuasi va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ish boshlaydi.
Ta'kidlanishicha, hozirda loyihaning qurilish ishlari uchun viloyat hududidan 1 gektar yer maydoni ajratilgan. Umumiy qiymati 1 million AQSh dollarini tashkil etuvchi loyiha ishga tushirilgach, 100ta ish o‘rni yaratiladi. Loyiha joriy yilning IV choragiga qadar ishga tushirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
23 mart kuni magnit bo‘roni kuchayishi kutilmoqda
Jahon | 01:36
-
AQSh «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratadi
Jahon | 00:33
-
Olimlar nima uchun odamlarda erta bolalik xotiralari yo‘qligini tushuntirdi
Fan-texnika | 00:10
-
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:55 / 22.03.2025
Mavzuga oid

16:25 / 20.03.2025
Milliy tibbiyot markazida komadagi bemorga jigar ko‘chirib o‘tkazildi

20:30 / 18.03.2025
Toshkent viloyatida 29 ta kichik va mikro GES quriladi

12:42 / 18.03.2025
Ikkilamchi avtomobil bozori: Lacetti, Cobalt, Spark va Onix narxi arzonlashdi

09:13 / 17.03.2025