Tanişuv dasturining dastlabki manzili Çorvoq darvozasi böldi. Mehmonlar hududda amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari, zamonaviy infratuzilma yeçimlari hamda turizm salohiyatini oşirişga qaratilgan loyihalar bilan yaqindan tanişdilar.

Safar davomida hududning tabiiy imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, yangi turistik yönalişlarni rivojlantiriş va zamonaviy obektlarni barpo etiş borasida töplangan tajribaga alohida e’tibor qaratildi.

Şundan söng delegatsiya Böstonliq tumanida joylaşgan zamonaviy rekreatsion maskan — «Ugam River» markaziga taşrif buyurdi. Ugam daryosi sohilida, toğlar bağrida barpo etilgan mazkur majmuada yaratilgan qulay şart-şaroitlar, körsatilayotgan xizmatlar sifati hamda soğlomlaştiriş va dam oliş imkoniyatlari mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi.

Dengiz sathidan 950 metr balandlikda joylaşgan «Ugam River» bugungi kunda mahalliy aholi va mamlakatning turli hududlaridan kelayotgan sayyohlar uçun ommabop dam oliş maskanlaridan biriga aylanmoqda.

Şuningdek, delegatsiya a’zolari «Çimyon» turistik majmuasi hududidagi «Za’faron» mehmonxonasi faoliyati bilan tanişib, mehmonlarga yaratilgan şaroitlar va servis xizmatlari darajasini közdan keçirdilar.

Taşrif dasturi doirasida hudud rahbarlari Çirçiq şahrida faoliyat yuritayotgan «Çirçiq» kimyo-industrial texnoparki faoliyati bilan ham tanişişi rejalaştirilgan. U yerda sanoatni rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb etiş va yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş böyiça amalga oşirilayotgan işlar örganiladi.

Ta’kidlanişiça, mazkur taşriflar hududlar örtasida tajriba almaşiş, muvaffaqiyatli loyihalarni ommalaştiriş hamda iqtisodiy rivojlanişning samarali modellarini keng joriy etişga xizmat qiladi.