O‘zbekiston | 16:59 / 05.01.2021
4359
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi avtotransport vositalari qatnovi uchun jadval asosida yopiladi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, bunga yo‘l ta'mirlash ishlari olib borilishi sababdir.

Jumladan:

Amir Temur shoh ko‘chasi ustidan o‘tgan ko‘prikning 7-son shahar klinik shifoxonasidan (oldingi 17-son) Yunusobod metrosi (mo‘ljal: Universam)gacha bo‘lgan qismi (ikki tomonlama yo‘lning bir tomoni) 7 - 14 yanvar kunlari yopiq bo‘ladi.

Amir Temur shoh ko‘chasi ustidan o‘tgan ko‘prikning Yunusobod metrosidan (mo‘ljal: Universam) 7-son shahar klinik shifoxonasi (oldingi 17-son) yo‘nalishidagi qismi (ikki tomonlama yo‘lning ikkinchi tomoni) esa 14-21 yanvar kunlari yopilishi ma'lum qilingan.

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanish tavsiya etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid