Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp prezident lavozimi uchun Bayden bilan “qaqshatqich jangga kirishish”ga va'da berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydan ketmasligini va hokimiyatni saylangan prezident Jo Baydenga topshirmasligini aytdi. Tramp Jorjiya shtatidagi chiqishi vaqtida bunga va'da berdi.
Oq uyning amaldagi rahbari demokratlar Oq uy va senatni egallab olsalar, prezident lavozimi uchun “qaqshatqich jangga kirishishi”ni ma'lum qilgan.
“Mag‘lub bo‘lib, “yaxshi, men mag‘lub bo‘ldim” deyish mumkin. Biroq boshqa safar bunday qilarman, balki qilmasman yoki odatiy hayotga qaytarman. Biroq sen katta ustunlik bilan g‘alaba qozonsang-u, biroq sendan g‘alabani tortib olishsa va natijalarni soxtalashtirishsa – bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.
AQShda 2020 yil 3 noyabrda o‘tgan prezident saylovlari natijalariga ko‘ra Bayden g‘alaba qozondi. Demokratga 306 saylovchi, Trampga esa 232 saylovchi o‘z ovozini bergan. Ushbu natijalar 6 yanvarda kongress tomonidan tasdiqlanishi lozim. Biroq Tramp mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortmoqda.
Oq uy rahbarining ta'kidlashicha, demokratlar g‘alabasi AQShda “kommunizm boshlanishini” anglatadi.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
21:31 / 26.06.2026