Bu qonunning qabul qilinişi ayniqsa OAV va blogerlarni bir «silkitib» oldi, desak yanglişmagan bölamiz. Qonun söz erkinligini tahlika ostida qoldiradimi, degan savol ham yetarliça yangradi.

Xöş, bu xavotirlar qançalik asosli? Qonun bilan söz erkinligini böğiş maqsad qilinganmi yoki söz erkinligidan foydalanişda mas'uliyatli bölişga da'vat qilinmoqdami?

Özi kodekslarga qanday yangilik kiritildi?

Qonunga köra, yolğon axborot tarqatganlik uçun tegişli kodekslarga ma'muriy va jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvçi normalar kiritildi.

Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan qöşimça (202-2-modda)ga köra:

  • Şaxsning qadr-qimmati kamsitilişiga yoki uning obrösizlantirilişiga olib keladigan yolğon axborotni tarqatiş, şu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmoğida tarqatiş – BHMning 50 baravari (1 fevralgaça 11 mln 150 ming söm) miqdorda jarima solişga sabab böladi.
  • Jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvçi yolğon axborotni tarqatiş, şu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmoğida tarqatiş – BHMning 50–100 baravari miqdorida (22 mln 300 ming söm) jarima solişga sabab böladi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qöşimça (244-6-modda)ga köra:

  • şaxsning qadr-qimmati kamsitilişiga yoki uning obrösizlantirilişiga olib keladigan yolğon axborot tarqatganlik uçun ma'muriy javobgarlikka tortilgan şaxs uşbu huquqbuzarlikka takroran yöl qöysa, BHMning 150 baravarigaça (33 mln 450 ming söm) miqdorida jarima yoki 240 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 2 yilgaça ozodlikni çeklaş bilan jazolanadi.
  • jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvçi yolğon axborotni tarqatiş, şu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmoğida tarqatiş, şunday harakatlar uçun ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilsa, BHMning 200 baravarigaça (44 mln 600 ming söm) miqdorda jarima yoki 300 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 2 yilgaça ozodlikni çeklaş bilan jazolanadi.
  • Uşbu moddaning uçinçi va törtinçi qismlarida yuqoridagi jinoyatlarni javobgarlikni oğirlaştiradigan holatlarda sodir etganlik uçun yana ham oğirroq jazo çoralari (BHMning 400 baravarigaça (89 mln 200 ming söm) jarima yoki uç yilgaça ozodlikni çeklaş) belgilangan.