Sport | 21:06 / 06.01.2021
11219
2 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. Shomurodovning goli «Jyenoa»ni mag‘lubiyatdan qutqara olmadi

Italiya A Seriyasi 15-turi doirasida «Jyenoa» safarda «Sassuolo»ga qarshi maydonga tushdi.

«Latsio»ga qarshi o‘yindan farqli o‘laroq, ushbu bahsni Eldor Shomurodov «Jyenoa» asosiy tarkibida boshladi. 

Uchrashuvning 52-daqiqasida mezbonlar vakili Boga hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqada katta sahnaga o‘zbekistonlik forvard chiqdi. Qanotdan yetkazilgan to‘pni Eldor Shomurodov bosh bilan «Sassuolo» darvozasiga joylab, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarishga yaqin edi – 1:1.

Ammo bu safar ham Genuya klubining himoyadagi bo‘sh o‘yini Ballardini jamoasini muhim ochkodan mahrum etdi. 83-daqiqada Raspadori «Sassuolo»ga g‘alaba keltiruvchi golni kiritdi – 2:1.

Ushbu natijadan keyin «Sassuolo» 29 ochko bilan hozircha 4-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, «Jyenoa» 11 ochko bilan 19-o‘rinda qoldi.

A Seriya. 15-tur
Sassuolo – Jyenoa 2:1
Gollar
: 1:0 – 52 Boga, 1:1 – 64 Eldor Shomurodov, 2:1 – 83 Raspadori.
Sassuolo – Konsili, Rojyerio, Myuldyur, Ferrari, Ayxan, Jurichich (Raspadori, 74), Manyanelli (Burabiya, 58), Berardi (Defrel, 35), Lokatelli (Obiang, 74), Boga, Kaputo (Traore, 58).
Jyenoa – Perin, Dzappakosta, Masello (Gilone, 57), Krishito, Chiborra (Pyatsa, 57), Badel (Rovella, 58), Radovanovich, Lerager, Zayts (Destro, 82), Skamakka (Goldaniga, 71), Eldor Shomurodov.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid