Jahon | 15:45 / 06.01.2021
4239
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh harbiylarining yarmi yaqin kunlarda Iroqdan olib chiqib ketiladi

O‘tgan yil noyabrda Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller amerikalik 2500 nafar harbiy Iroqdan 2021 yil 15 yanvarda olib chiqib ketilishini aytgandi.

Foto: Anadolu Agency

AQSh harbiylarining yarmi yaqin kunlarda Iroqdan olib chiqib ketiladi. Bu haqda Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy ma'lum qildi.

 «AQSh bilan strategik muloqot doirasida so‘nggi oylarda Amerika harbiylarining bir qismi olib chiqib ketildi. Qolgan yarmi esa yaqin kunlarda olib chiqib ketiladi», - dedi u.

Kozimiyning so‘zlariga ko‘ra, Iroq hududida yuzga yaqin harbiy qoladi.

O‘tgan yil noyabrda Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller amerikalik 2500 nafar harbiy Iroqdan 2021 yil 15 yanvarda olib chiqib ketilishini aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid