Salvadorning sobiq prezidentiga davlatga 4,4 million dollar qaytarish majburiyati qo‘yildi
Salvador sudi mamlakatning sobiq prezidenti Elias Antonio Sakaga davlat budjetidan o‘g‘irlagan mablag‘larni qaytarish majburiyatini qo‘ydi.

Foto: Reuters
Sobiq prezident va uning rafiqasi noqonuniy boyishda aybdor deb topilgan va ularga davlat g‘aznasiga 4,4 mln dollar qaytarish buyurilgan.
Prokuratura juftlikning daromadlar haqidagi deklaratsiyasida qoidabuzarliklarni topgan va davlat pullarini prezidentlik vaqtida egalik qilgan telekompaniyalari va shaxsiy hisobraqamlariga o‘tkazganlikda ayblagan.
“Sobiq amaldorlar va prezidentlar o‘g‘rilik qilgani ma'lum. Biz ular o‘z jinoyatlari uchun haq to‘lashlari va olingan pullar salvadorliklar manfaati uchun ishlatilishi ustida ishlamoqdamiz”, deb aytgan mamlakat bosh prokurori Raul Melara.
Salvadorning sobiq prezidentiga, shuningdek, 10 yil davomida davlat lavozimlarini egallash taqiqlangan.
2018 yil sentyabrda Saka pullarni yuvish va 2004 yildan 2009 yilgacha prezidentligi vaqtida 300 mln dollar o‘g‘irlashda o‘z aybini tan olganidan keyin 10 yillik qamoq jazosiga tortilgan.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Fransiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston | 13:53
-
Simulyatsiya va foydalanilmagan penalti - Masharipov va Shomurodovning Qirg‘izistonga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari
Sport | 13:52
-
«Eronni yutsak, JCh-2026ga chiqish masalasini 99 foizga hal qilamiz» - Shomurodov va Masharipov muhim g‘alaba va Tehrondagi o‘yin haqida
Sport | 13:39
-
O‘zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi bitimga qo‘shilmoqda
O‘zbekiston | 13:36
Mavzuga oid

12:57 / 17.02.2025
Akayev, Yanukovich, endi Asad – Moskvadan panoh topgan sobiq hukmdorlar

22:49 / 11.02.2025
Ruminiya prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlandi

23:15 / 04.02.2025
Salvador AQShdagi jinoyatchilar va noqonuniy migrantlarni qabul qilishga rozi bo‘ldi

14:12 / 26.01.2025