Salvador prezidenti Nayib Bukele AQŞ deportatsiya qilayotgan venesuelalik noqonuniy migrant va jinoyatçilarni Venesuela qamoqxonalarida saqlanayotgan «siyosiy mahbuslar»ga almaşiş niyatida.

Salvador fevral boşlarida öz qamoqxonalariga AQŞda qölga olingan noqonuniy migrantlarni joylaştirişga rozi bölgandi. Bundan taşqari, Bukele qöşimça haq evaziga Qöşma Ştatlarda sudlangan jinoyatçilarni ham qabul qilişga tayyorligini bildirgan. Ularning barçasi «megaqamoqxona» nomi bilan maşhur Terrorçilarni saqlaş markaziga yuboriladi.

Venesuela hukumati AQŞda öz fuqarolarining ommaviy ravişda çiqarib yuborilişini ularning «repatriatsiyasi» deb atab, buni Nikolas Maduro va Donald Tramp örtasidagi diplomatik muvaffaqiyat va döstona munosabatlar natijasi deya ta’kidlamoqda.

Salvador prezidenti X ijtimoiy tarmoği orqali «252 ga 252» sxemasi böyiça «jinoyatçi»larni «siyosiy mahbuslar»ga almaşiş taklifini bildirdi. Salvador Vaşington bilan kelişuv doirasida aynan şunça venesuelalikni qabul qilgan. «Bizdagi mahkumlarning köpçiligi odam öldirgan, ba’zilari — zörlagan, boşqalari esa bir neça marta hibsga olingandan söng deportatsiya qilingan. Lekin sizlardagi siyosiy mahbuslar heç qanday jinoyat sodir etmagan. Ular faqat bir sabab — sizga va saylovdagi qallobliklaringizga qarşi çiqqanliklari uçun qamoqda», — deb yozadi Bukele.

Venesuela boş prokurori Tarek Uilyam Saab Bukelening taklifini «beadablik» deb atadi va Salvadordagi «megaqamoqxona»da saqlanayotgan barça venesuelaliklar röyxatini talab qildi.