Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada sotiladigan gadjetlarga o‘rnatilishi shart bo‘lgan dasturlar ro‘yxati tasdiqlandi
Bahorda barcha mobil telefonlar va planshetlarda "Yandeks", Mail.ru, ICQ, "Marusya" ovozli yordamchisi, OK Live videotranslatsiyalar servisi, "VKontakte", "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlari, MirPay to‘lov tizimi ilovasi paydo bo‘ladi.
Rossiya hukumati mamlakat hududida sotiladigan gadjetlarga o‘rnatiladigan dasturlar ro‘yxatini tasdiqladi.
Hukumat qarori 2021 yil 1 apreldan kuchga kiradi. Dasturlar Rossiya hududida sotiladigan barcha smartfonlar, kompyuterlar va "aqlli" televizorlarga o‘rnatiladi.
Bahorda mobil telefonlar va planshetlarda "Yandeks" (qidiruv tizimi, brauzer, xarita, disk), Mail.ru pochtasi, ICQ messenjeri, "Marusya" ovozli yordamchisi, OK Live videotranslatsiyalar servisi, "VKontakte", "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlari, MirPay to‘lov tizimi ilovasi, davlat xizmatlari portali, matnli fayllar bilan ishlaydigan "MoyOfis Dokumenti" ilovasi, Kaspersky Internet Security, Applist.ru mahsulotlari paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, kompyuterlarga "MoyOfis Standartniy. Domashnyaya versiya" paketi o‘rnatiladi.
Rossiyada sotiladigan raqamli televizorlarga "Yandeks" mahsulotlari, "aqlli" uylar uchun Wink ilovasi, IVI servisi, KinoPoisk portali ilovasi, OKKO, More.tv, START onlayn-kinoteatrlari, Perviy, NTV, PREMIER, Smotrim ilovalari yuklanadi.
YeOII a'zolari - Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston mazkur qarorni tanqid qildi. Bu mamlakatlar vakillarining so‘zlariga ko‘ra, hujjat Jahon savdo tashkilotining xizmatlar sotish bo‘yicha bosh kelishuvi va Bojxona ittifoqining "Past voltli qurilmalar xavfsizligi to‘g‘risida"gi texnik reglamentiga zid keladi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026