Fan-texnika | 20:04 / 15.01.2021
7089
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Yangi LG InstaView muzlatgichlari CES 2021 ko‘rgazmasida dezinfeksiya funksiyalarini namoyish etdi

UVnano texnologiyasiga ega InstaView Door-in-Door modellari gigiyena va mahsulortlar sarhil saqlanishi uchun eng yaxshi texnologiyalar, shuningdek, betakror uslubni taklif etadi.

2021 yil yanvar oyining ilk virtual CES ko‘rgazmasida LG Electronics (LG) kompaniyasi foydalanuvchilar uchun qulaylikni yanada oshirish maqsadida funksiyalari va innovatsion dizayni yanada yaxshilangan yangi InstaView® Door-in-Door® muzlatgichlarini namoyish etdi. UVnano™ texnologiyasi ichimlik suvini dezinfeksiya qilish uchun qo‘llaniladi. InstaView ovozni tanish funksiyasi oshxonada ovozni qo‘llash qulayligini yangi bosqichga olib chiqadi.

Foydalanishda qulaylikni oshirish qobiliyati sababli butun dunyoda iste'molchilar uchun sevimli bo‘lgan LG InstaView Door-in-Door 2021 yilga kelib, qo‘shimcha ravishda takomillashtirildi. LG InstaView muzlatgich ichidagi mahsulotlarni eshikni ochmasdan ko‘rish uchun oynaga ikki marta taqillatish kifoya. Shu bilan birga, Door-in-Door funksiyasi tez-tez foydalaniladigan buyumlarni saqlash uchun qulay muhitni yaratgan holda sovuq havoning ichki yo‘qotilishini kamaytiradi. O‘ziga xos shishali panel sababli zanglamaydigan po‘latli choksiz ishlov 2021 yil muzlatgichining yangilangan dizaynini to‘ldiradi. InstaView oynasi avvalgi modellarga qaraganda 23 foizga kattaroq ekanligi uchun ichkarida nima bor ekanini ko‘rish qulay va osonroq.

Yangi LG InstaView muzlatkichlari endilikda LG UVnano texnologiyasiga ega. U dispenserdagi suvni dezinfeksiya qilish uchun yorug‘lik kuchidan oson va samarali foydalanadi. Kompaniyaning 2017 yildagi eng sifatli mahsulotlarida namoyish etilgan UVnano muzlatgich dozatori kranidagi 99,99 foizgacha bakteriyalarni yo‘q qilish uchun bir soatda bir marta ishlaydi1. Qo‘shimcha xotirjamlik uchun foydalanuvchilar UVnano funksiyasini tugmani bosish orqali ham faollashtirishlari mumkin.

CES 2021 Innovation Awards Best of Innovation mukofotining g‘olibi, ovozni tanish funksiyasiga ega LG InstaView muzlatgichlari oshxonada o‘tkazilgan vaqt samarali va qulay bo‘lishi uchun xizmat qiladi. Xaridorlar har ikkala qo‘li mahsulotlar bilan band bo‘lgan vaqtda muzlatgich eshigini qanday ochish haqida bosh qotirishlari ham shart emas. Ular ovozli buyruq yordamida buni osonlik bilan amalga oshirishlari mumkin. LG interaktiv ovozli texnologiyasi muzlatgichdan kun tartibini so‘rash yoki muz va suv dozatori holatini tekshirish imkonini beradi2. Uy egalari Amazon Dash'ni to‘ldirish orqali Amazon'dagi akkauntlarini LG ThinQ ilovasiga bog‘lab, suv filtlarini almashtirish kabi materiallarga avtomatik ravishda buyurtma berishlari mumkin.

InstaView lineykasidagi har bir yangi mahsulot musaffolikni oshirishning LG LINEARCooling™ va DoorCooling+™ sinovdan o‘tgan tizimlarini o‘z ichiga oladi. Liniyali sovutish mahsulotlar buzilishining asosiy sababi bo‘lgan harorat o‘zgarishini minimallashtiradi3. Shu bilan birga DoorCooling+ tizimi yuqorida joylashgan, metal panelga o‘ralgan,  ventilyatsion teshikdan kelayotgan kuchli havo oqimini taqsimlab, sovitish kamerasini bir xilda sovitadi. Bejirim metal panel muzlatgich dizayni ham tashqi, ham ichki tomondan betakror bo‘lishida yordam beradi4.

LG Craft Ice™ funksiyasi InstaView French-Door muzlatgichlarida o‘tgan yili ilk marotaba namoyish etilgan. Endilikda uni 2021 yilda InstaView Side-by-Side muzlatgichlarida ham uchratish mumkin. LG Craft Ice system tizimi tomonidan yaratilgan ikki dyuymli, sekin eriydigan muz sharlari ichimliklarni uzoqroq vaqt davomida salqin holda saqlaydi.

«Joriy oson kechmagan yilda LG maishiy texnikasining mashhurligi biz uchun haqiqiy kutilmagan sovg‘a bo‘ldi, deya izoh berdi LG Electronics Home Appliance & Air Solution kompaniyasi prezidenti Lyu Chje Chxol. Biz iste'molchilar qiziqishi ortganini hisobga oldik va 2021 yilda yanada sifatli hamda qiziqarli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun maishiy texnikalar sohasidagi innovatsiyalar chegarasini kengaytirdik».

2021 yil LG InstaView muzlatgichlari lineykasi 11 yanvar kuni boshlangan CES 2021 ko‘rgazmasida LG virtual ko‘rgazma stendida namoyish etildi.


1- Baholash TÜV Rheinland kompaniyasi tomonidan LG testing usulini qo‘llagan holda o‘tkazilgan. U distillangan suv namunasida mahsulotga ultrabinafsha nurlari ta'siridan keyin Escherichia coli, Staphylococcus aureus, Pseudomonas aeruginosa kamayishi ko‘rsatkichini o‘lchaydi. Natijalar atrof-muhit va maishiy foydalanishga qarab farqlanishi mumkin. Mahsulot salomatlik bilan bog‘liq holatlarni davolamaydi va mahsulot yordamida filtrlangan suvda mikrobiologik zarralar kabi ifloslantiruvchi moddalar mavjud bo‘lmasligini kafolatlamaydi.

2- Ovoz yordamida ishlaydigan ko‘makchi funksiyasi Wi-Fi orqali LG ThinQ ilovasida ishlaydi. Ovoz yordamida ishlaydigan ko‘makchini tanib olish foydalanuvchi ovozining balandligi, intonatsiyasi, shuningdek, atrofdagi shovqinga qarab farqlanishi mumkin.

3- LG tomonidan UL natijalariga ko‘ra o‘tkazilgan sinovlar sarxil mahsulotlarda haroratning o‘rtacha yuqori ko‘rsatkichi, GBB72NSDFN (±0.5° s quyi sovitish kamerasi bo‘lmasi, GF-L570PL (±0.5° s) eshigi va  J811NS35 (±0.5C°), yuqori sovitish kamerasi B607S (±0.5° S) va B606S (±1.0° S) odatiy ish faoliyati va normal haroratda o‘lchash usuli. Natijalar foydalanishga qarab farq qilishi mumkin.

4- LG ichki test usulini qo‘llagan holda olib borilgan UL sinov natijalari asosida Door Cooling+ va Non-Door Cooling+modellari o‘rtasida yuqori qismda suv haroratini pasaytirish uchun zarur bo‘lgan vaqt taqqoslanadi. DoorCooling+ eshik ochilganida to‘xtab qoladi.

LG Electronics Home Appliance & Air Solution kompaniyasi haqida

LG Home Appliance & Air Solution maishiy texnika, aqlli uy uchun yechimlar, havo sifati tizimi, shuningdek, sun'iy idrok bilan bog‘liq mahsulotlarni ishlab chiqarishda dunyodagi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniya o‘zining ilg‘or texnologiyalaridan foydalangan holda uy uchun kompleks yechimlarni yaratadi va sinchkovlik bilan o‘ylangan oshxona qurilmalari, maishiy jihozlar va iqlim tizimlarini ishlab chiqib, butun dunyodagi iste'molchilar hayotini yaxshilashga intiladi. Birgalikda mazkur mahsulotlar yuqori qulaylik, a'lo darajadagi samaradorlik va salomatilik uchun zaruriy afzalliklarni ta'minlaydi. Qo‘shimcha ma'lumotga ega bo‘lish uchun www.LG.com saytiga tashrif buyuring.

Reklama huquqi asosida

#LG

Mavzuga oid