Jahon | 22:16 / 15.01.2021
1999
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropaga Pfizer vaksinasini yetkazib berish 3-4 haftaga kechiktiriladi

Pfizer bajarilayotgan ishlar fevral o‘rtalaridan ishlab chiqarish salohiyatini oshirishini ma'lum qilgan.

YeI mamlakatlariga Germaniyaning BioNTech va Amerikaning Pfizer kompaniyalari ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaksinani yetkazib berish bir necha haftaga kechiktiriladi.

"Yevrokomissiya va YeI mamlakatlari Puurs zavodi faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lgani sababli Pfizer ilgari va'da qilgan hajmni keyingi uch-to‘rt hafta davomida yetkazib bera olmasligi to‘g‘risida oxirgi daqiqalarda xabardor qilindi", - deyiladi Germaniya sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Vazirlikning ma'lumot berishicha, Pfizer bajarilayotgan ishlar fevral o‘rtalaridan ishlab chiqarish salohiyatini oshirishini ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, "Germaniya Yevrokomissiya Pfizer kompaniyasidan vaksinani yetkazib berish muddati bo‘yicha iloji boricha tezroq aniq ma'lumot olishini kutmoqda".

Daniya, Latviya, Litva, Finlyandiya, Shvetsiya va Estoniya sog‘liqni saqlash vazirlari qo‘shma maktubida koronavirusga qarshi vaksina yetkazilishi to‘xtab qolishidan xavotir bildirgan.

Yevropa komissiyasiga yo‘llangan maktubda vazirlar mavjud vaziyatni qabul qilib bo‘lmasligini va vaksinatsiya jarayoniga bo‘lgan ishonchni pasaytirishini bayon qilishgan.

O‘tgan haftada Yevroittifoq BioNTech va Pfizer kompaniyalari bilan koronavirusga qarshi qo‘shimcha 300 mln doza vaksina sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagani xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid