Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada hukumatni lokdaun joriy etish huquqidan mahrum qilish bo‘yicha referendum o‘tkazilishi mumkin
Shveytsariyaliklarning 55 foizi komendantlik soati va koronavirusga qarshi kurashdagi boshqa choralar ularning shaxsiy erkinliklarini cheklamoqda degan fikrda.
Shveytsariyada hukumatni koronavirus pandemiyasi sababli lokdaun joriy etish va boshqa cheklovlar kiritish huquqidan mahrum qilish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.
Ushbu haftada referendum tarafdorlari bu boradagi petitsiyaga talab qilingan 50 ming o‘rniga 86 mingga yaqin imzo to‘plashdi. Referendum iyunda o‘tkazilishi mumkin.
Shveytsariya hukumati yaqin vaqtgacha cheklovlar borasida ehtiyotkorlik qilayotgandi va hatto dekabrda tog‘-chang‘i kurortlarini yopmagandi. Ammo kasallik yuqtirish holatlari o‘sa boshlaganidan so‘ng 18 dekabrda bar, restoran va boshqa dam olish maskanlarini fevral oxirigacha yopishga qaror qilindi. O‘tgan haftada esa birinchi ehtiyoj mollari bilan savdo qiladigan do‘konlardan tashqari barcha savdo muassasalarini yopish talab qilindi.
Shveytsariyaliklarning 55 foizi komendantlik soati va koronavirusga qarshi kurashdagi boshqa choralar ularning shaxsiy erkinliklarini cheklamoqda degan fikrda.
Referendum o‘tkazish tarafdorlariga o‘zini «Konstitutsiya do‘stlari» deb atagan guruh boshchilik qilmoqda. Ular hukumat cheklovlar kiritganidan so‘ng navbatdagi qadam aholini yaxshi o‘rganilmagan vositalar bilan majburiy emlash bo‘ladi degan xavotirda, dedi guruh vakili Kristof Flyuger.
Mavzuga oid
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
20:20 / 14.06.2026