Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston bo‘yicha pensiya va nafaqa oluvchilar sonini ma'lum qildi
2020 yilda 333 ming yangi pensiya va nafaqa oluvchilar paydo bo‘ldi. O‘tgan mos davrga nisbatan pensiya va nafaqa oluvchilar 4 foizga oshgan.
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlarida hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 million 824 ming nafar, ya'ni aholi sonidagi ulushi 11,2 foizni tashkil qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, ayni paytda pensiya va nafaqa oluvchilarning soni 2020 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 147,2 ming nafar yoki 4 foizga ko‘paygan.
Shundan, 2 million 849 ming nafari (74,3 foizi)ni yoshga doir pensiya, 386,5 ming nafari (10,1 foizi)ni nogironlik pensiya, 189,1 ming nafari (5,0 foizi)ni boquvchisini yo‘qotgan pensiya oluvchi oilalar va 400,3 ming nafari (10,6 foizi)ni nafaqa oluvchilar tashkil qildi.
2021 yil 1 yanvar holatiga pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni to‘g‘risida ma'lumot
Pensiya jamg‘armasining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, 400 mingdan ortiq nafaqa oluvchilar kesimida yoshga doir nafaqa 37,2 ming shaxsga, bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandli onalarning 5,2 ming nafariga, ish staji bo‘lmagan 1-2 guruh imkoniyati cheklangan 37,4 ming shaxsga haq to‘lanmoqda. Shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan 35 ming oilaga, 16 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan 117 ming bola hamda 16 yoshdan katta 1-2 guruh bolalikdan nogironligi bo‘lgan 167 ming shaxsga nafaqa to‘lanmoqda.
2020 yilda 333 ming 450 nafar fuqarolarga yangi pensiya va nafaqalar tayinlangan.
Pensiya jamg‘armasining 2020 yil uchun daromadlar rejasi 20 trillion 134 milliard so‘m bo‘lib, ijrosi 20 trillion 592 milliard so‘mni (shundan, soliqlardan tashqari tushumlar miqdori 176,2 milliard so‘mni) tashkil etgan.
Ma'lumot uchun, nafaqa — muhtoj odamlarga davlat, korxona, muassasa va ayrim shaxslar tomonidan beriladigan yordam puli.
O‘zbekiston Respublikasida mehnat stajiga ko‘ra beriladigan pensiyadan farqli holda nafaqalar davlat tomonidan, asosan, bolalikdan nogiron, yolg‘iz qariya va yolg‘iz nogironlarga, mehnatga vaqtinchalik qobiliyatsizlarga, homilador va tug‘gan ayollarga, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalari tarbiyasi bilan band bo‘lgan ayollarga, ishsizlar, kam ta'minlangan va ko‘p bolali oilalarga beriladi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
UzAuto Motors Malibu sotuvini ochganidan bir soat o‘tmay shartnomalar tugab qoldi
Iqtisodiyot | 16:42
-
Sherzod Asadov Rossiya prezidenti matbuot kotibi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 16:37
-
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 7 oylik minimumga tushdi
Iqtisodiyot | 16:34
-
Nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi
O‘zbekiston | 16:33
Mavzuga oid

16:33
Nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

19:30 / 25.05.2025
Rossiyalik oligarx mamlakatda pensiyani bekor qilish taklifi bilan chiqdi

22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti

11:37 / 30.04.2025