Urgutning Mergança mahallasida 2018 yil foydalanişga topşirilgan namunaviy uylarda ham xuddi şunday holat. Uylarning loyihasida isitiş tizimi tabiiy gaz bilan ekanligi körsatilgan, gazga moslaşgan qozonxonalar qurilgan, oşxonalarga ham gaz bilan işlaydigan jihozlar örnatilgan. Faqat bu uylar tabiiy gazga ulanmay qolib ketgan.
Keyingi yillar aksariyat hududlarda, ayniqsa qiş faslida issiqlik ta'minoti muammo bölib turgani uçun odamlar aynan tabiiy gazga moslaşgan, deb körsatilgan bu uylarni 340 million sömdan tölab sotib olişgan.


Endi esa...
«Uy loyihada körsatilganidek, gazga moslaşgan, isitiş tizimi örnatilgan va bu, tabiiyki, uy narxida ham aks etgan. Ya'ni, biz buning uçun pul tölaganmiz. Qolaversa, qattiq yoqilği uçun joy nazarda tutilmagan ham.
Biz bu masalada prezident virtual qabulxonasiga murojaat qilganimizda tumangaz idorasi vakillari buyurtmaçi «Qişloq quriliş invest» injiniring kompaniyasi namunali uylarni gazga ulaş uçun mablağ ötkazmaganini aytişdi.
Modomiki, uylar tabiiy gazga ulanmas ekan, mutasaddilar nega şu vaqtgaça uy narxiga «mingan» gaz tarmoqlari xarajatlarini qayta hisob-kitob qilişmaydi?» deydi namunaviy uylarda yaşovçilar.
Qozonxonalar işlamagaç, yaşovçilar uylardan möri çiqarib ötin va kömir peçkalar örnatib olişgan. Yana bir muammo şuki, uylardagi havo aylaniş tizimi ham nomigagina qurilgan. Bu esa kömir yoqiladigan uylarda yana is gazidan zaharlaniş xavfini yuzaga keltiradi.


Mahalla ahli bir neça marta tegişli idoralarga, tuman prokuraturasiga ham murojaat qilgan, biroq muammoga yeçim topilmagan. Holbuki, bu namunaviy uylar yonginasida tabiiy gaz tarmoği bor.
Garçi aholi körsatgan loyiha nusxasida gazlaştiriş nazarda tutilgan, isitiş tizimi tabiiy gaz bilan ekani yozib qöyilgan, gaz tarmoqlari ham qurilgan bölsa-da, tuman hokimligi vakillari bu uylarni gazlaştiriş boşidan közda tutilmaganini ma'lum qildi.














