«Binolar juda tez qurib taşlanyapti». Arxitektura-quriliş instituti mutaxassislari bilan suhbat
|19:23 / 21.01.202130 89610 min
10 yanvar kuni Jizzax şahrida yangi qurilgan köp qavatli bino qulab tuşdi. Buning ortidan odamlarda qurilişlar sifatiga şubha ortdi.
Kun.uz muxbiri şu mavzuda Toşkent arxitektura va quriliş instituti professori Said Mahmudov va kafedra mudiri, dotsent Samariddin Majidovga murojaat qilib, mutaxassis sifatida holatga munosabat bildirişni söradi.
Jizzaxdagi holatda qanday xatoga yöl qöyilgan bölişi mumkin?
— Birinçidan, bu bino şaharning boş rejasiga kiritilmagan. Ya'ni mana şu hududda köp qavatli binolar quriş mumkin emas. Rejalaştiriş ham mumkin emas. Ikkinçidan, konstruksiya notöğri qilingan, konstruksiyaning birinçi va ikkinçi qavatlari noturar joyga möljallangan. Ular yuqoridagi kuçlarni kötarib turişga möljallanmagan, tepasiga 4 qavat qurilgan, 4 qavatning hammasi karkasdan qilingan va oraliqlari ğişt bilan töldirilgan.
Qolaversa, ğişt bilan ustunning boğlanişi yöq. Agar boğlaniş bölganida, bunday holat bölmasdi. Şu bois, yuqoridagi yuk katta bölgani sababli tepa qismi ağdarilib ketgan. Çunki pastdagi ustunlar noturar joy uçun tiklangan. Yana binoning yertölasi ham bor. Öşa yertölada konsol çiqarib qöyibdi. U konsolga ham yuqoridan oğirlik tuşadi. Şu sababdan yuqoridagi oğirlikni kötarolmasdan mana şunday holat yuz berdi.
Bino loyihalaştirilganidan keyin ekspertizadan ötgani yoki ötmagani haqida menda ma'lumot yöq. Menimça, ustunning köndalang qismini tanlaşda hisob-kitob notöğri bölgan. Çunki köndalang qism yuqoridagi kuçga boğlanib tanlanadi. Köndalang kesim kiçik bölsa-yu, tepadan tuşayotgan kuç oğir bölsa, ustun qulab tuşadi.
Toşkent şahrida ham bugungi kunda qurilayotgan ayrim binolar ustunga barpo qilinmoqda va ularning ğişt devorlari ustunlarga kirişib ketmagan, boğlanmagan. Şunday barpo qiliş mumkinmi?
— Bu ustun va ustunning oraliq masofasiga boğliq. Agar ustunlar oraliği uzoq bölsa, devorning özi ham oğirlik tuşmasdan ağdarilib ketişi mumkin.
Bundan taşqari, ğişt devor urilayotganda ma'lum bir qatorda armaturalar qöyiladi. Armatura ustunga boğlanadi, qolgan qismi ğişt qatorlariga kirib turadi. Öşa narsa yölga qöyilmayapti. (Jizzaxdagi holatda) 4 qavatdan tuşayotgan oğirlikni pastdagi ustun kötara olmagan, şuning uçun ham qulab ketgan.
Qolaversa, 6 qavat bino quriş mana şu hududdagi rejaga mos emas. Bundan taşqari, işlatilgan materiallar ham – ğiştdan tortib qorişmaning materialigaça – talabga javob bermaydi. Uni montaj qiladigan, teradigan, quradigan odamlar ma'lum bir bilimga ega emas. Ular, mening bilişimça, bir kunlik işga kelgan odamlar. Kelgan va bajarib ketgan, ertaga buning hisob-kitobiga heç kim javob bermaydi.
Mavzuga oid
Binoni şu darajaga olib kelişiga sababçi böladigan qanday materiallar işlatilgan bölişi mumkin?
— Bino qurilişida işlatiladigan materiallarning har birining öz marka va sinflari bor. Sababi, bino loyihalaştirilgan vaqtda smeta qismida har bir materialning markasi kiritiladi. Tsement 400 markali böladigan bölsa, 400 markalini işlatiş kerak.
Bugungi kunda, quriliş obektigaça 400 markali sement yetib kelmayapti. Bu – birinçi katta kamçiligimiz. Şuningdek, olingan sementlarni ortiqça muddatda saqlab turiş. Saqlaş muddati ötgani sayin sement kuçi yanada pasayib boraveradi.
Bundan taşqari, ularda işlatilgan mayda hamda yirik töldiruvçilar – qum va şağallarning tarkibidagi çang miqdorlari albatta boğlovçining sifatiga ta'sir qiladi.
«Binolar juda tez sur'atda qurilmoqda»
— Mamlakatimizda qurilayotgan binolarni oladigan bölsak, juda ham tez sur'atda qurilmoqda. Ammo qöyilgan poydevor kamida bir yil qolib, çökişi kerak. Poydevor qöyilganidan keyin zaminda joylaşgunça biz şoşib uni kötaradigan bölsak, yuqoridagi holatlarga duç kelib qolamiz.
Şu sababli quruvçi-muhandislar, loyihaçilar va işçilar – hamma öz işini belgilangan muddatda qilsa, bunday holatlarga duç kelmaymiz. Ğişt bilan devor uriladigan bölsa, ustunga boğlovçi bilan kirişişi kerak.
Bitta kamçilikni hammamiz tan olişimiz kerak: nazorat yöq.
Aslida har bir qavat bitganida ğiştlar boğlanişini mutaxassis xodimlar borib tekşirişi kerak edi. Mutaxassis tekşirmasdan 2-qavat qurilmoqda. Ğişt teruvçi esa, faqat ğişt terişni biladi. U yerda ustun tayyor turibdi, orasiga ğişt terib ketmoqda. Oraliq qança katta bölsa, ğiştning özini terib qöysangiz ham ustunga boğlaniş bölmasa, ğişt ma'lum bir vaqtdan keyin özidan özi yiqilişi mumkin.
Zilzilada bu qanday xavf tuğdirişi mumkin?
— Birinçi navbatda oraliq masofa hisobga olinişi kerak. Oraliq 6 metrli ustunga yuqoridan tuşayotgan kuçga nisbatan uning köndalang kesimi ham töğri kelişi kerak.
Bitta oddiy ğişt 2,5–2,7 kg.ni taşkil etadi. 18 metr kvadrat joy böladigan bölsa, taxminan 600 dona ğişt ketadi va oğirligi bir tonnadan ortiq böladi. Qulagan binoga nazar soladigan bölsak, birinçi va ikkinçi qavati maişiy xizmat körsatiş binosi, undan söng turar joy binosi bölganidan keyin, bularni hisobga oliş kerak edi.
Şu bilan birga, qavatlar oraliğiga oraliq qoplamalar qöyiladi. U ham oğir betondan qilinadi va uning oğirligi ham ustunga tuşadi. Ustun bilan ustunni özaro boğlab turuvçi rigel ham böladi. U oğirlik kuçini ustunga beradi. Geometrik şakl özgarib ketadi. Oniy özgaruvçan sxema hosil böladi va bu oğirlik kuçlarining hammasi kelib poydevorga tuşadi. Poydevorga tuşayotgan paytda köndalang kesim kiçkina bölsa, tepadagi oğirlik poydevorgaça kelmasdanoq öz muvozanatini yöqotadi.
Jizzaxdagi binoning poydevori ham çökkani aytildi. Poydevor nega çökadi?
— Poydevor çökmasligi uçun geolog va geofiziklar öşa quriliş maydonining tuproq tarkibini tekşirişi talab etilardi. Ma'lum bir çuqurlikni kavlasangiz, şağal, qum kelib çiqadi. Ya'ni qum va şağal suvga töyingan bölişi mumkinligini aniqlay olardi.
Ilgarilari köp qavatli uy poydevori bir yil çöktirib qöyilardi. Hozir bir oyda bino tiklanmoqda. Poydevor qurilganda ham ob-havo, betonning markasi hisobga olinmayapti. U 28 sutkada qurişi kerak. Bizda quriliş kombinatlar bor, ular ham davlat standartlari asosida işlaydi, lekin quriliş materiallarining sifatini tekşirmayapti.
«Xorijlik quruvçilar öz laboratoriyalariga ega»
— Hozirda çetdan kelib qurayotganlar özining laboratoriyasi bilan kelgan. Unda betonning markasi, poydevor, ora yopma plitalarni tekşirib, oraliq kesimlar va loyihani yana qayta körib çiqib, keyin qurilişni davom ettirişga ruxsat bermoqda.
Şu örinda ta'kidlaş lozim, ruxsat bergandan keyin nazorat ham bölişi kerak. Jizzaxdagi binoni qurganlar esa, mutaxassis emas, menimça, loyihani ham ekspertizadan ötkazmagan. Qolaversa, hozirda, xususiy loyihalaş firmalari bor, öşalardan ötgandir, balki.
Tadbirkor qurilişga katta mablağ ajratar ekan, unga tender e'lon qilişi, binoni kim quradigan bölsa, uning barça moddiy-texnik bazasi yetarli ekanini tekşirişi şart.
Hozir bizda yana bir jihatga e'tibor berilmayapti, ya'ni bugungi dunyo qurilişida quriliş qorişmalari va betonlarni işlab çiqarişda ularning mustahkamligini oşiruvçi qöşimçalardan foydalanilmoqda. Bizda esa, bu joriy qilingani yöq.
Kelgusida mana şunday xatolarning oldini oliş uçun nima qilişimiz kerak?
— Har bir binoning turiga qarab quriliş me'yorlari bor. Ana şu me'yoriy qoidalarga e'tibor berib, quriliş rejalaştirilgan hududni yaxşilab tekşiriş kerak. Poydevor qöyişdan oldin çökiş holatini aniqlaş uçun ma'lum bir vaqt berilişi lozim.
1996 yildan boşlab me'yoriy hujjatlar işlab çiqildi va har bir soha böyiça alohida me'yoriy hujjatlar qabul qilingan. Agar mana şu me'yoriy hujjatlarga amal qilib qurilsa, bunday holat yuz bermaydi.
Istalgan joyga kelib, hokim yo tadbirkorning xohişiga köra, 6 yoki 9 qavatli bino quriş mumkin emas.
***
Kun.uz muxbiri yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib çiqib, bino karkas usulida barpo qilinganida oraliq devorlarning ustunlarga kirişmasligi qançalik xavfsiz, degan savol bilan Quriliş vazirligi rahbarlariga murojaat qildi.
Vazir örinbosari Kozim Tölaganovning izohlaşiça, oxirgi yillarda ğiştdan oğirlik kötaruvçi emas, faqat devor sifatida foydalanilmoqda.
«Oxirgi yillarda karkaslar binoning butun kuçini kötarişga möljallangan, ğişt ularda oğirlik kötaruvçi emas. Ya'ni ğişt devorlar töldiruvçi vazifasini ötaydi, karkas bilan kompleksni taşkil etmaydi. Ğişt kötaruvçi sifatida belgilanganida boşqa masala edi. Ularning barçasining loyihasida karkas kötaruvçi», – dedi Tölaganov.
Quriliş vaziri Botir Zokirov masalaning boşqa bir tomoniga e'tibor qaratdi.
«Ayrim binolarda ustun va rigel orasida ğişt izolyatsiya qilinadi. Bu – kuçli zilzila sodir bölganida öşa devor taşqari tomonga qulaşini anglatadi. Binoning özi qulamasligi kerak. Albatta, bu 7 qavatgaça bölgan uylarning loyihasida nazarda tutiladi. Qolganlarida 50 qavat bölsayam turadi, yiqilmaydi», – dedi vazir Botir Zokirov.