Boş prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda Samarqand tumanidagi 24- maktabda «F.» nomli MÇJ tomonidan amalga oşirilgan quriliş işlari tekşirilgan. Quriliş korxonasi rahbarlari smeta hujjatlarida körsatilgan quriliş-montaj işlarini amalda töliq bajarmasdan, ma'lumotlarni qöşib yoziş orqali 631,7 million söm budjet mablağlarini talon-toroj qilgani aniqlandi.
Ma'lumot uçun, Samarqand tumanidagi 24-maktab tumanning Pulimuğob mahallasida joylaşgan.
Viloyat prokuraturasi vakillari davlat budjetidan ajratilgan pullarni ömariş bilan boğliq yana bir jinoyatni foş etgan. Kattaqörğon tumanidagi uçta mahallaga suv çiqariş maqsadida qurilgan suv inşootida «N.» nomli MÇJ tomonidan amalga oşirilgan işlar örganilganda, korxona rahbarlari smetada körsatilgan işlarni töliq bajarmay, ma'lumotlarni qöşib yoziş orqali 240,5 million söm budjet mablağlarini talon-toroj qilgan.
Yuqoridagi ikki holat yuzasidan MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda. Jinoyat kodeksida bu modda bilan ayblanganlarga nisbatan ular keltirilgan zararni qoplagan taqdirda ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanmasligi belgilangan.

















