«Aksariyat holatlarda yakka tartibdagi uy-joy quriş uçun ajratilgan yer uçastkalarida köp kvartirali uy-joylar quriş holatlari köp kuzatilmoqda. Oqibatda bunday joylarda qurilgan köp kvartirali uylardagi muhandislik kommunikatsiyalari tizimiga salbiy ta'sir ötkazib, ayrimlarini quvvati yetmay, ayrimlarida esa turli xil avariya holatlari kelib çiqmoqda.
2020 yilda ötkazilgan xatlovda 100dan ortiq yakka tartibdagi uy-joy quriş uçun ajratilgan yer uçastkalarida yakka tartibda uy-joy qurmasdan, uç va undan ortiq qavatli (köp kvartirali) uy-joylar (dom) qurilgani aniqlangan. Buning oqibatida, şu uylar atrofidagi aholining noroziligi, kommunal sohadagi muammolar ortib bormoqda», – dedi Nuriddin Soatov 28 yanvar kungi brifingda.
Avvalroq xuddi şu mazmundagi gaplarni şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev ham aytgan edi.
Eslatib ötamiz, yangi tahrirdagi Şaharsozlik kodeksida yakka tartibdagi uy-joy quriş uçun ajratilgan yer uçastkalarida ikki va undan ortiq qavat bölgan köp kvartirali uylarni quriş taqiqlandi.
Toşkent şahri prokurori Bahriddin Valiyev ham juda köp qurilişlarga ruxsat berib yuborilganini tasdiqlagandi.
«Toşkent şahrini olsangiz, juda köp qurilişlarga ruxsat berilib ketgan. Nazarimda, buni şahar hokimiga boğlaş notöğri böladi. Men buni örganib körganman.
Bilasizmi, quriliş qilayotgan fuqaro yerni bir maqsadda oladi, ikkinçi maqsadga işlatadi. Masalan, bir qavatli bino yoki ofis quraman, deydi. Keyin ikkinçi marta murojaat qiladi-da, 8-9 qavatli uy quraman deydi. Bu yerda asosiy manfaat – tezda sotib, tezda boyiş», – degandi Bahriddin Valiyev Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida.










