Yangi qurilgan uylar tufayli ichimlik suv tarmoqlaridagi nosozliklarni tuzatishga 19,8 mlrd so‘m sarflangan – «O‘zsuvta'minot»

2020 yil davomida ichimlik suv tarmoqlarida sodir bo‘lgan jami 140,4 mingta avariya va nosozliklarni bartaraf etishga 19,8 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan. Bu haqda 29 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zsuvta'minot» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Tohir Haydarov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilindi.
«O‘zsuvta'minot» mutasaddisi so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi jami 70,4 ming km.dan ziyod ichimlik suv quvurlarining 26,9 ming km (38 foizi), 9,3 mingta ichimlik suv tozalash inshootlaridan 3,5 mingtasi (38 foizi), 58ta oqova suv tozalash inshootlaridan 49tasi (84 foizi) ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan.
2020 yil davomida ichimlik suv tarmoqlarida sodir bo‘lgan jami 140,4 mingta avariya va nosozliklar bartaraf etilib, bunga 19,8 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan. Bugungi kunda avariya holatlari sodir bo‘lishining asosiy sabablaridan biri - Toshkent shahrida 10 475ta ko‘p qavatli uylar mavjud bo‘lib, 2017–2019 yillarda 855ta, 2020 yilda 302ta yangi ko‘p qavatli uylar qurilgan.
«Qurilayotgan uylar asosan 7 va undan yuqori qavatli bo‘lib, ushbu uylarning tepa qavatlarini ichimlik suvi bilan ta'minlashda nasos stansiyalaridan foydalanilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ichimlik suvi tarmoqlarida bosim ko‘tarilib, tarmoqlar zo‘riqqan holda ishlashi bilan bir qatorda, suv ta'minoti korxonalarining qo‘shimcha xarajatlari oshishiga sabab bo‘lmoqda», – deya Tohir Haydarovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning hujumlari – Erondagi hokimiyatning mavjudligiga tahdidmi?
Jahon | 19:45
-
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston | 19:23
-
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi
Jamiyat | 18:44
-
O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda – Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston | 18:43
Mavzuga oid

18:51 / 11.06.2025
Qog‘ozda hammasi yaxshi, amalda-chi? Ichimlik suvi ta’minotida keng ko‘lamli kamchiliklar aniqlandi

20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

20:39 / 01.05.2025
Quvurlardan kelayotgan suv ichishga yaroqli ekani aytildi

19:20 / 25.04.2025