Quyida intervyuning sönggi 3-qismi matni bilan tanişişingiz mumkin.

— Bugun Özbekistonda hokimiyat organlarining oçiqligini qanday baholaysiz? Özi umuman, hokimiyat organlarida oçiqliq qanday bölişi kerak?

Oxirgi vaqtlarda Özbekiston dunyoda eng köp oltin sotayotgan davlat sifatida köp tilga olinyapti. Sizningça, bundan kelayotgan pullar hisobi, budjet mablağlari sarfi xalqqa töliq berilyaptimi?

Bu borada davlat qarzlarining oşib borayotgani, davlat xaridlari masalasi ham oxirgi vaqtlarda juda jiddiy muhokama qilinyapti.

— Hokimiyat organlarining oçiqligi borasida bir qadar ösiş bor. Buni nafaqat men va «Open Distro for Elasticsearch» taşkiloti ham e'tirof etyapti. Şu taşkilot ma'lumotiga köra, Özbekiston hokimiyat organlarining ma'lumot taqdim etişi böyiça birdaniga 126 poğona yuqorilagan.

Siz söragan oltin sotilişi hisobi avvallari sir saqlangan bölsa, hozir oçiq aytilyapti. Statistika qömitasida ham axborotlar tasniflangan holda joylaştirilgan.

Masalan, yaqinda menga ötgan yillarda tuhmat va haqorat uçun qança odam jazolangani böyiça ma'lumot kerak böldi. Şu savol bilan Oliy sudga murojaat qilib, javob ololmadim. Sudyalar assotsiatsiyacidan ham sörovimga javob bölmadi. Keyin qarasam, bu ma'lumot allaqaçon saytga joylaştirib bölingan ekan.

Oliy sudda esa sörovim bir bölimdan boşqasiga aylanaverdi. Özlari ham bu kabi ma'lumotlardan xabarsiz şekilli.

Davlatimizning taşqi qarzi oşib borayotgani ham hammaga ma'lum. Lekin köryapsiz, hukumatdagilar xalqni hayajonlanmaslikka çaqirişyapti.

Aslida taşqi qarz davlat budjetining yoki yalpi içki mahsulotining 50 foizidan oşsa xavf tuğdiradi. Töğri, hozirça bunga bormadik, lekin qarz oliş sur'atimiz baland va xavfga qarab ketyapmiz.

Davlat olgan qarzlarning nimaga sarflanayotgani ikkinçi masala.

Agar kelayotgan pullar korrupsiya qilinib, yeb yuborilsa, ertaga uni şu xalq tölaydi. Biz bölmasak, farzandlarimiz tölaydi. Çunki qarz soliqlardan qaytariladi. Şuning uçun biz uning nimaga sarflanganini bilişimiz kerak.