Özbekistonda 1 maydan e’tiboran elektromobillar uçun utilizatsiya yiğimi miqdorlari oşdi.
Boş vazir 31 yanvarda imzolagan qarorga asosan, bu yiğim miqdori:
- işlab çiqarilganiga 3 yildan oşmagan elektromobillar uçun 4 barobarga – 30 BHM (11 mln 250 ming söm)dan 120 BHM (45 mln söm)ga;
- işlab çiqarilganiga 3 yildan oşgan elektromobillar uçun 2,3 barobarga – 90 BHM (33 mln 750 ming söm)dan 210 BHM (78,75 mln söm)ga kötarildi.
Avvalroq Kun.uz bu yangilik amaliyotda narxlarga qanday ta’sir qilişini Changan Deepal S07 misolida yoritgandi: bojxona qiymati 22 800 dollar bölgan bu modelni olib kiriş narxi 3600 dollardan 6200 dollargaça oşmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda BYD Song Plus Çampion'ni bojxonadan olib ötiş tölovlari qanday özgarayotgani körsatilgan. Unga köra, 1 maydan e’tiboran bu avtomobil uçun bojxona yiğimi – 937 ming söm, 12 foiz QQS – 37 mln 923 ming söm, utilizatsiya yiğimi – 45 mln söm – jami bojxona xarajatlari 83 mln 860 ming sömni taşkil etadi.
Avvalroq kengaytirilgan diapazonli elektromobil (EREV) toifasiga kiruvçi (ikki xil dvigatelga ega, lekin faqat elektrda yuradigan) avtomobillar uçun alohida TIF TN kodi kiritilişi rejalaştirilayotgani ma’lum bölgandi.
Boş vazirning 31 yanvardagi qaroriga asosan, 2 oy muddatda utilizatsiya yiğimlaridan samarali foydalaniş tartibi işlab çiqilişi belgilangan. Bu tartib işlab çiqilgani haqida hozirça xabar berilmadi.
Özi yöq, lekin tölovi bor utilizatsiya. Trillionlar qayerga ketyapti?

















