Agar Özbekistonga elektromobil olib kirmoqçi bölsangiz, faqat utilizatsiyaning özi uçun 45 mln söm tölaşingiz kerak. Kun.uz bu borada boşqa mamlakatlardagi vaziyatni örgandi. Ma’lum bölişiça, qöşni davlatlar: Qozoğiston, Tojikiston va Qirğizistonda elektromobillar uçun bunday yiğim yöq.

 

2025 yil 1 maydan boşlab import qilinadigan elektromobillar uçun utilizatsiya yiğimi keskin oşirildi. Işlab çiqarilganiga 3 yildan oşmagan elektromobillar uçun yiğim BHMning 30 barobaridan 120 barobariga yoki 45 million sömgaça kötarildi. Agar elektromobil işlab çiqarilganiga 3 yildan oşgan bölsa, yiğim BHMning 210 barobari yoki 78,75 million sömni taşkil qiladi. Yangi tartib elektromobil narxlarini oşirib, ularni xaridorlar uçun yanada qimmatlaştirdi.

Kun.uz utilizatsiya yiğimi borasida xorij tajribasini örgandi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari

Qozoğistonda ham import maşinalar uçun utilizatsiya yiğimi bor, lekin bu tölov faqat benzinli va gibrid avtomobillardan olinadi. Hukumat elektromobillarni ommaviylaştiriş uçun ulardan utilizatsiya yiğimi undirmaydi.

Qirğizistonga ham Xitoydan arzon elektromobillar olib kiriş köpaygani ortidan ularning importiga utilizatsiya yiğimi joriy qiliş masalasi kun tartibiga olib çiqilgandi. Xususan, 2024 yilning fevral oyida iqtisodiyot vaziri örinbosari Aynura Usenbekova “2025 yilda Qirğizistonda elektromobillar uçun utilizatsiya yiğimi joriy etiladi”, degan bayonot bilan çiqdi. Hozirça bu borada heç qanday özgariş bölmadi. Demak, qirğizistonliklar ham elektromobil import qiliş uçun utilyiğim tölamaydi.