Yakşanbaga ötar keçasi Fransiya politsiyasi Parijda «Pari Sen-Jyermen» futbol klubining Çempionlar ligasi finalidagi ğalabasini nişonlaş töqnaşuv va tartibsizliklarga aylanib ketganidan keyin 550 dan ortiq kişini qölga oldi.

Şanba kuni «Pari Sen-Jyermen» Myunxendagi öyinda Milanning «Inter» klubini 5:0 hisobida mağlubiyatga uçratdi va öz tarixida ilk bor Yevropa klublari futbolidagi eng nufuzli kubok sohibiga aylandi.

Öyinni tomoşa qiliş va keyin ğalabani nişonlaş uçun Parij markazidagi Yelisey maydonlari va «Pari Sen-Jyermen»ning uy arenasi bölgan «Park de Prens» stadioni yonida 50 mingga yaqin muxlis yiğildi.

Muxlislarning köpçiligi özlarini osoyişta tutişar, ularning köpçiligi Parij köçalarida qöşiq aytişar va raqsga tuşişardi.

Eyfel minorasi «Pari Sen-Jyermen» ranglariga böyalgan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X tarmoğidagi akkauntida klubni tabrikladi: «„PSJ“ uçun ajoyib kun! Barakalla, hammamiz faxrlanamiz. Bugun keçqurun Parij Yevropaning poytaxtiga aylandi».

Biroq bayramni nişonlayotgan ba’zi muxlislar muşakbozlik, maşinalarga öt qöyiş va avtobus bekatlarini buzişga kirişdi. Politsiya bilan töqnaşuvlar boşlandi.

Fransiya poytaxti köçalarida 5,4 mingga yaqin politsiyaçi bölgan.

Hibsga olingan 559 kişining aksariyati tartibsizliklarda, şuningdek, muşakbozlik uyuştirişda gumon qilinmoqda.

«Yelisey maydonlarida tartibsizliklar uyuştirişga uringanlar politsiya bilan doimiy ravişda töqnaşuvlarga kirişgan, katta muşakbozlik va boşqa obektlarni uloqtirişgan», – deyiladi politsiya xabarida.

Le Figaro naşri yozişiça, hibsga olinganlarning aksariyati – 491 kişi – Parijda. Jami 320 nafar tartibbuzar qamoqqa olingan.

Rasmiylarga köra, tartibsizliklar çoğida kamida 192 kişi, jumladan 22 nafar xavfsizlik xodimi va yetti nafar öt öçiruvçi jarohatlangan.

Politsiya öt qöyiş bilan boğliq 692 ta holatni qayd etgan, jumladan 264 ta transport vositasi yoqib yuborilgan.

Ikki kişi halok böldi. Daks kommunasida 17 yoşli ösmir köçada ğalabani nişonlaş paytida piçoq zarbasidan jarohat olgan. Jabrlanuvçi şifoxonaga yetkazilgan va u yerda jon bergan.

Parijning 15-okrugida bayram vaqtida skuterda ketayotgan ayolni esa maşina urib ketdi.

Grenoblda avtomobil bayramni nişonlayotgan olomon ustiga bostirib kelgan, oqibatda tört kişi jarohatlangan. Ular ikki nafari oğir ahvolda.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan kadrlarda ba’zi odamlar Yelisey maydonidagi dökonlarga, jumladan, Chanel moda butigi va Foot Locker poyabzal dökoniga bostirib kirişga urinayotganini köriş mumkin.

Ma’lum qilinişiça, politsiya Ğalaba arkasi tomon ötmoqçi bölgan olomonni tarqatiş uçun suv purkagiçdan foydalangan, şuningdek, közdan yoş oqizuvçi gazdan foydalanilgani haqida ham ma’lumotlar bor.

Politsiya bilan töqnaşuvlar Parij halqa yölida ham sodir böldi. «Park de Prens» stadioni yaqinida kamida ikkita maşina yoqib yuborilgan.

Fransiya içki işlar vaziri Bruno Retayo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida şunday yozdi: «„“ning haqiqiy muxlislari öz jamoasining ajoyib öyinidan zavqlanişmoqda. Bu orada varvarlar jinoyat qiliş va politsiyani provokatsiya qiliş uçun Parij köçalariga çiqişdi».

Yakşanba kuni «PSJ» futbolçilari Yelisey maydonlarida ğalaba paradini ötkazadi, unda ön minglab muxlislar iştirok etişi kutilmoqda. Makron ofisi prezident futbolçilarni Çempionlar ligasidagi ğalaba bilan tabriklaş uçun qabul qilişini bildirgan.