Sport | 20:58 / 24.01.2021
10082
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyadagi aviahalokatda 4 futbolchi halok bo‘ldi 

Braziliyaning Portu-Nasiunal shahri (Tokantis shtati) yaqinida xususiy samolyotning qulashi oqibatida 6 kishi, jumladan 4 futbolchi halok bo‘ldi. 

Foto: g1.globo.com

Samolyotda uchuvchidan tashqari Braziliyaning 4-divizionida ishtirok etuvchi “Palmas” klubining prezidenti va 4 futbolchisi bo‘lgan. 

Samolyot havoga ko‘tarilishi bilanoq uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinida qulagan.

“Palmas” halok bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan. 25 yanvarda klub mehmonda “Vila-Nova” klubiga qarshi o‘yin o‘tkazishi kerak bo‘lgan. Raqib jamoa o‘z hamdardligini bildirgan va uchrashuvning boshqa sanaga ko‘chirilishiga rozilik bergan. 

“Palmas” klubi a'zolari

2016 yil Kolumbiyada Braziliyaning “Shapekoense” futbol klubi a'zolari bo‘lgan samolyot halokatga uchragandi. O‘shanda fojia oqibatida samolyotda bo‘lgan 77 kishidan 6 kishigina tirik qolgan.

Mavzuga oid