Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni investitsiyalar vazirini qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Saudiya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, saudlar delegatsiyasi tashrifi arafasida Buxoro shahrida qo‘shma biznes-forum o‘tkazilib, Ishbilarmonlik kengashini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

24 yanvar kuni Sirdaryo viloyatida «ACWA Power» korporatsiyasi ishtirokida quvvati 1200 megavatt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasiga start berildi.
Bundan tashqari, ushbu kompaniya tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy qiymati 1000 megavattli shamol elektr stansiyalari quriladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda Saudiya investitsiyalari ishtirokidagi qo‘shma korxona va loyihalar soni keyingi yillarda bir necha barobarga ko‘paydi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga oid «yo‘l xaritasi»ni qabul qilib, amalga oshirish, hukumatlararo komissiya faoliyatini qayta tiklash, ustuvor loyihalar bo‘yicha ishchi guruhlarni shakllantirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
13:58 / 06.05.2026
Eron urushi: BAA va Saudiya o‘rtasidagi yashirin ziddiyatlar yuzaga chiqdi
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026