Davlat soliq qömitasining Jismoniy şaxslarga xizmat körsatiş boşqarmasi boşliği Şuhrat Ismoilovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, «Telegram», «Instagram» kabi ijtimoiy tarmoqlarda öz sahifasi va katta auditoriyaga ega bölgan, reklama joylaştiriş orqali daromad oluvçi (çakana savdodan taşqari) özini özi band qilgan şaxslar sifatida hisobga olingan bölsa, ularning uşbu faoliyatdan topgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

«Şu bilan birga, internet tarmoği orqali xizmatlar körsatuvçi (işlar bajaruvçi) özini özi band qilgan şaxslarga (frilansing) körsatilgan xizmatlar uçun kontrakt tuzmasdan, kelişuv töğrisidagi ommaviy taklifni (oferta) qabul qiliş yoki elektron yozişmalar almaşiş yoxud hisob-kitob fakturalarni (invoys), şu jumladan elektron şaklda taqdim qiliş yöli bilan çet ellik jismoniy va yuridik şaxslarga xizmatlar körsatiş huquqi berildi », – dedi u.

Prezidentning tegişli qaroriga muvofiq, özini özi band qilgan şaxslar, faqat ijtimoiy soliqni (pensiya hisoblaş uçun) 2020 yil uçun bazaviy hisoblaş miqdorining kamida 50 foizi (111,5 ming söm) 2021 yildan boşlab bir baravari (223 ming söm) miqdorida ixtiyoriy tartibda tölaşi mumkin.

Qarorga asosan, ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat bilan (PR-menejyer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (işlar, xizmatlar)ni ilgari suriş va reklama qiliş (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejyer, marketolog, link-menejyer, targetolog, kontekst-reklama böyiça mutaxassis, direktolog, media rejalaştiruvçi, SMO mutaxassisi)