Dastur Tashkent International University of Education (TIUE) bilan hamkorlikda amalga oşiriladi. Öqiş boşlanişidan oldin tanlovdan ötgan öqituvçilar sörovnomadan ötadilar. Sörovnoma natijalariga köra, ular tayyorgarlik darajasi hamda ta’lim tili (rus yoki özbek) böyiça 4 ta guruhga ajratiladi.
Iştirokçilar uçun metodistlar, texnik koordinatorlar, moderatorlar va raqamli texnologiyalar sohasidagi malakali mutaxassislar iştirokida jonli interaktiv onlayn maşğulotlar taşkil etiladi. Attestatsiya yakuniga köra, öqişni muvaffaqiyatli tugatgan iştirokçilar malaka oşiriş töğrisidagi sertifikatni qölga kiritadilar.
Loyihaning asosiy maqsadi — öqituvçilarning raqamli könikmalarini rivojlantiriş hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini Özbekiston ta’lim muassasalarining öquv jarayoniga samarali integratsiya qilişni qöllab-quvvatlaşdir.
“Bugungi kunda sun’iy intellekt — raqamli transformatsiyaning ajralmas qismiga aylangan. Uning vositalarini egallaş esa kelajakdagi raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaşning muhim şarti hisoblanadi. AI1440 kompaniyamiz strategiyasi ham, butun Özbekiston raqamli iqtisodiyotining rivojlanişi ham, yangi IT-yeçimlarni yaratişga qodir bölgan yoş iste’dodlarni qöllab-quvvatlaşga asoslangan. IT-mutaxassislarining yangi avlodini şakllantiriş esa bizning eng muhim ustuvor vazifamizdir. Şu sababli biz avvalo ularni öqitadiganlardan - öqituvçilardan boşlaymiz”, — dedi Beeline Uzbekistan boş direktori Andrey Pyataxin.
“TIUE uşbu keng qamrovli loyihaning bir qismi bölişdan mamnun. Beeline Uzbekistan bilan birgalikda biz sun’iy intellekt sohasida amaliy könikmalarni egallaş uçun qulay onlayn-muhit yaratmoqdamiz. Bu raqamli ta’lim va Özbekistonning IT-mutaxassislarini tayyorlaş yölida muhim qadamdir,” — deya ta’kidladi TIUE rektori Nosir Xodjayev.
Dasturda davlat va xususiy maktablar, litseylar, kollejlar hamda oliy ta’lim muassasalarining informatika öqituvçilari iştirok etişlari mumkin. Iştirok uçun iş joyidan ma’lumotnoma talab etiladi.
Kurslarga röyxatdan ötiş maxsus forma orqali amalga oşiriladi.
Beeline Academy 2023 yilda yölga qöyilgan bölib, Beeline Uzbekistan dastlab bu loyihaga $150 ming sarmoya kiritgan. 2023–2024 yillarda 50 nafar tinglovçi — yangi boşlovçilar va tajribali mutaxassislar — kiberxavfsizlik böyiça öquv kurslarini tamomladilar.












