Asosiy yangilanişlar maşina salonida bölgan. Uskunalar paneli 8,8 dyuymlik ekran bilan jihozlangan bölsa, markazda multimedia va boşqa vazifalarini bajaradigan 14,6 dyuymlik displey örnatilgan. Dasturiy ta’minotga Flyme Auto javob beradi. U öz örnida Huawei HiCar, Carlink va Flyme link interfeyslarini qöllab-quvvatlaydi.

Har xil opsiyalar mavjud, xususan, örindiqlari isitiş imkoniyatiga ega. Ğildiraklari esa 18 dyuymga teng. Icon 2026 da yaşirin eşik tutqiçlaridan voz keçilgan va an’anaviy tutqiçga qaytilgan. Ölçamlari esa şunday: uzunligi 4350 mm, eni 1815 mm hamda böyi 1620 mm. Ğildiraklar bazasi 2640 mmga teng.

Maşina 1,5 litrli hajmga ega benzinli turbodvigatel bilan jihozlangan. U 181 ot kuçini beradi. Dvigatel 7 poğonali “robot” uzatma bilan hamkorlikda işlaydi.