Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron mamlakatda elektr energiyasi ommaviy o‘chib qolishida kriptovaluta fermalarini ayblamoqda
Eron kriptovaluta fermalari tomonidan elektr energiyasi eng ko‘p iste'mol qilinadigan mamlakatlar o‘ntaligiga kiradi – sutkasiga 450 megavatt.
Foto: Ebrahim Noroozi/AP Photos
Eron hukumati mamlakatda elektr energiyasi ommaviy o‘chib qolishida kriptovaluta fermalarini aybladi. Bu haqda Business Insider xabar bermoqda.
Poytaxt Tehronning katta qismi, Mashhad, Tabriz va Urmiya kabi yirik shaharlar bir necha marta elektrsiz qoldi.
Major black out in multiple cities of #Iran. pic.twitter.com/Ma4Mk9inMB
— InfoWarrior-Reforged (@IWarriorTheOne) January 12, 2021
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni tiklaganidan so‘ng kriptovaluta mamlakatda sanksiyalarni chetlab o‘tish vositasiga aylandi va bu bitkoyn keskin ommaviylashishiga sabab bo‘ldi. Natijada minglab noqonuniy kriptovaluta fermalari paydo bo‘ldi.
Eron kriptovaluta fermalari tomonidan elektr energiyasi eng ko‘p iste'mol qilinadigan mamlakatlar o‘ntaligiga kiradi – sutkasiga 450 megavatt.
Hukumat kriptovaluta ishlab chiqaruvchilarni elektr tarmoqlarini zo‘riqtirish va butun mamlakat bo‘ylab elektr o‘chishida ayblamoqda.
Avvalroq Eronda 1600ta ana shunday markaz yopilgandi. Tavanir davlat elektr energiya kompaniyasi elektr o‘chishi sababli yirik Eron-Xitoy bitkoyn-fermasini yopishga majbur bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:50 / 24.05.2026
Rubio Eron bilan muzokaralarda «sezilarli o‘sish» borligini aytdi
14:18 / 24.05.2026
AQSh tez orada Eron bilan tinchlik bitimi e’lon qilishi mumkin
19:51 / 22.05.2026
Eron va O‘mon Ho‘rmuzda kemalardan to‘lov undirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
18:13 / 21.05.2026