Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask kompaniyasi koinot stansiyasiga 3 sayyohni yetkazadi
2021 yilda amerikalik tadbirkor Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Xalqaro koinot stansiyasiga 3 nafar sayyohni yetkazadi. Ular stansiyada 8 kun qolishadi.
Parvozni tashkillashtirayotgan Axiom Space kompaniyasi SpaceX’ning Crew Dragon kemasida XKSga amerikalik va kanadalik sarmoyachilar Larri Konnor va Mark Pati hamda isroillik tadbirkor Eytan Stibbe yuborilishini ma'lum qildi.
Ularga NASA’ning sobiq astronavti, hozirda Axiom Space vitse-prezidenti Maykl Lopes-Alegriya ekipaj sardori sifatida hamrohlik qiladi.
Axiom Space kompaniyasi 2020 yilda SpaceX bilan XKSga 3 nafar fazoviy sayyohni jo‘natishga kelishib olgan. Rejaga ko‘ra, parvoz joriy yil oxirigacha amalga oshiriladi. Sayyohlar stansiyada 8 kun o‘tkazishadi.
Business Insider nashrining xabar berishicha, Ax-1 deb nom oladigan missiya oktyabrda amalga oshirilishi mumkin. Ekipaj tarkibiga Stibbedan tashqari, aktyor Tom Kruz va kinorejissyor Dug Layman ham kirishi kutilgandi. Avvalroq Variety nashri manbalarga tayanib, Universal Pictures kinokompaniyasi fazoda suratga olinadigan ilk film bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
08:50 / 12.06.2026
SpaceX tarixdagi eng yirik IPOʻni amalga oshirdi
08:30 / 08.06.2026