Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yana 200 million doza vaksina sotib oladi
AQSh prezidenti Jo Bayden hukumat Pfizer va Moderna kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinalaridan yana 200 mln doza sotib olishini ma'lum qildi. Shu tariqa AQSh sotib oladigan umumiy vaksinalar soni 600 mln dozaga yetadi.
Ikkala vaksina ham koronavirusdan to‘liq himoya hosil qilish uchun ikki marta kiritilishni talab qiladi. Shu sababli 600 mln doza vaksina 300 mln kishiga yetadi. AQSh aholisi esa 325 mlnga yaqinni tashkil qiladi.
“Bu 300 mln amerikalikni emlash va pandemiya ustidan g‘alaba qozonish uchun yetarli bo‘ladi”, deb aytgan Bayden Oq uydagi nutqi vaqtida.
JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus vaksinalar tarqatilishidagi millatchilik jahon iqtisodiyotiga 9,2 trln dollarga aylanishi mumkinligini aytgan. Uning ta'kidlashicha, boy davlatlarda emlash jadal sur'atlar bilan borayotgan bir paytda kamroq rivojlangan davlatlarga “buni kuzatish va o‘z navbatini kutishdan boshqa chora qolmayapti”.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026