Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning yangi davlat kotibi dunyo Amerika yetakchiligiga ehtiyoj sezayotganini aytdi
Entoni Blinkenning qayd etishicha, AQSh boshqa mamlakatlarni umumiy farovonlik uchun safarbar etishda jahon sahnasida haligacha yuqori salohiyatga ega.
Foto: Getty Images
AQShning yangi davlat kotibi Entoni Blinken xalqaro hamjamiyatga Vashingtonning yetakchiligi zarurligi, aynan uning yetakchiligi jahondagi global muammolarni ishonchliroq hal etishga imkon berishini aytdi.
"Dunyo Amerikaning yetakchilik roliga ehtiyoj sezmoqda va biz buni ijro etamiz, chunki dunyo AQSh bilan birgalikda muammolarni yechishi ishonarliroq bo‘ladi", - dedi u.
Uning qayd etishicha, AQSh boshqa mamlakatlarni umumiy farovonlik uchun safarbar etishda jahon sahnasida haligacha yuqori salohiyatga ega.
AQShning yangi davlat kotibi etib tasdiqlangan Blinken avvalroq qator mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilgan. U birinchi bo‘lib Kanada tashqi ishlar vaziri Mark Garno bilan, so‘ngra Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard, Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegi, Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Kan Gen Hva bilan suhbatlashgan.
Mavzuga oid
17:16
AQSh sharqiy sohilida rekord darajada qor: 5 mingdan ortiq reyslar bekor qilindi
12:46
Epshteyn bilan do‘stlik to‘lovi: fayllar e’lon qilinishi kimlarga qimmatga tushdi?
10:51
AQSh va RF Jyenevada yadroviy qurollar bo‘yicha shartnomani muhokama qildi
09:15