Jahon | 17:49 / 27.01.2021
5992
2 daqiqa o‘qiladi

«Milliardlarni sarflash kerak»: Bill Geyts yangi pandemiyadan himoyalanish choralarini aytdi

Geytsning fikricha, hukumatlar pandemiyadan keyin ham unga qarshi kurashishda yordam beradigan narsalarga investitsiya kiritishda davom etishi lozim.

Foto: Picture Alliance

Dunyo koronavirus, gripp yoki noma'lum kasallikning yangi pandemiyasiga duch kelishi mumkin, deb yozdi Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri Bill Geyts o‘z blogida.

Yangi pandemiyaning oldini olish «yiliga o‘nlab milliard dollar sarflashni talab qiladi», deya qayd etdi Geyts. U bu mablag‘ni ko‘p deb aytdi, ammo koronavirus pandemiyasi dunyoga 28 trln dollarga tushganini ta'kidladi.

«Dunyo trillionlarni tejash va millionlab o‘limlarning oldini olish uchun milliardlarni sarflashi kerak», — deb yozdi milliarder.

Geytsning fikricha, hukumatlar pandemiyadan keyin ham unga qarshi kurashishda yordam beradigan narsalarga investitsiya kiritishda davom etishi lozim.

Bundan tashqari, u «global ogohlantirish tizimi»ni yaratish zarurligini ta'kidladi. Bu «ehtimoliy inqirozlarga zudlik bilan javob qaytara oladigan to‘liq tayyorgarlikdan o‘tgan professionallar guruhi»ni anglatadi.  

Geytsning yozishicha, «navbatdagi pandemiya, agarda omadimiz kulsa, 20 yildan so‘ng yuz beradi». U shu bilan birga, «bu uch yildan keyin ham sodir bo‘lishi mumkin»ligini ta'kidlagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid