Jahon | 21:15 / 27.01.2021
14603
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya IIV muhojirlarga «zapret» qo‘yilishining sababini tushuntirdi

Foto: TASS

Rossiya Ichki ishlar vazirligi nega mehnat muhojirlariga mamlakatga kirish uchun cheklov (zapret) qo‘yilishini izohladi. Vazirlik bu boradagi TASS axborot agentligining so‘roviga javob bergan.

«Boshqa mamlakat fuqarolariga Rossiyaga kirishiga cheklov qo‘yilishining asosiy sababi – ruxsat etilgan yashash muddatiga rioya qilmaslik. Ko‘pchilik ruxsatnoma muddati tugagach, uni uzaytirmay ishlayveradi. Shuningdek, noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish ham Rossiyaga kirishga cheklov qo‘yilishiga sabab bo‘ladi», deyilgan vazirlik xabarida.

Ma'lum bo‘lishicha, «zapret» olayotganlarning aksari Rossiyaga fuqarolari vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan yaqin atrofdagi mamlakatlar (aksar hollarda MDH davlatlari) fuqarolari. Rossiya IIV axborotiga ko‘ra, 2020 yil 189 ming xorijiy fuqarolar Rossiyaga kirishga cheklov olgan. Bir yil oldin esa 250 mingdan ortiq xorijlik Rossiyaga kirishda «zapret»ga tushgan.

2020 yilning 11 oyi davomida muhojirlar ishlash ruxsatnomasi – patent to‘lovi orqali Rossiya g‘aznasiga 43,5 milliard rubl (5,8 milliard dollar) foyda keltirgan.

Mavzuga oid