O‘zbekiston | 16:57 / 28.01.2021
7361
1 daqiqa o‘qiladi

31 yanvardan BAAga kelayotgan fuqarolar uchun yangilangan talablar kuchga kiradi - Uzbekistan Airways

Uzbekistan Airways Birlashgan Arab Amirliklariga parvoz qilishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun muhim ma'lumot bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 31 yanvar kunidan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ga kelayotgan fuqarolar uchun yangilangan talablar kuchga kiradi.

“Birlashgan Arab Amirliklariga xorijdan aviaqatnovlar orqali kelayotgan barcha yo‘lovchilar BAA davlat chegarasini kesib o‘tishda kamida 72 soat ichida amalga oshirilgan  COVID-19 uchun PZR usuli bilan topshirilgan testdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnomaga ega bo‘lishlari kerak”, -  deyiladi Uzbekistan Airways xabarida.

Avvalroq, O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi Xitoyda bo‘lib turgan va mazkur mamlakatga kelishni rejalashtirayotgan vatandoshlarga murojaat bilan chiqib, qator jihatlarga e'tiborli bo‘lishni so‘ragandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid