23:29 / 28.01.2021
19424

Yaponiya Rossiya va Xitoyga zarba berishga mo‘ljallangan raketa uchun 320 mln dollar ajratdi - OAV

Foto: Kyodo

Yaponiya hukumati O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilingani sababli o‘z raketalarining uchish uzoqligini oshirishga qaror qildi. Bu haqda Mainichi Shimbun nashri xabar berdi.

Ayni vaqtda “Xitonisiki” turidagi kemalarga qarshi raketa 200 kmga ucha oladi. Nashrda yozilishicha, hukumat ushbu raketaning ta'sir doirasini 1500 kmgacha oshirmoqchi. Shuningdek, yapon mutaxassislari raketani radarlar tuta olmaydigan qilishmoqchi. Bu maqsadlar uchun 33,5 mlrd iyen (320 mln dollar) ajratilgan.   

“Raketalar tayyor bo‘lganda ularni AQShning Osiyodagi bazalarida joylashtirish rejalashtirilmoqda. Buning evaziga Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyaga zarba berish mumkin bo‘ladi”, deyilgan nashrda.  

Yaponiya o‘z qurollanishini AQSh 2019 yil fevralda O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqqani sababli modernizatsiya qilmoqda.

Mavzuga oid
Top