16:00 / 30.01.2021
5301

LG mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi – beqiyos xizmat ko‘rsatish namunasi

Biz sizga g‘amxo‘rlik qiluvchi texnika haqida qayg‘uramiz.

Maishiy texnikani sozlash va foydalanishda xatoliklarga yo‘l qo‘yish – uning muddatidan avval ishdan chiqishidagi asosiy sabablardan biridir. LG kompaniyasi mahsulotlari o‘zining ishonchliligi va uzoq muddat kafolatlangan xizmat ko‘rsatishi bilan mashhurdir. Ammo bunday mahsulot ham o‘ziga yarasha parvarishni talab qilishini unutmaslik lozim.

Maishiy texnikadan qanday foydalanish kerakligini bilmasangiz nima qilish kerak? Yechimi oddiy – malakali mutaxassislarga murojaat qilish lozim.

LG'ning Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi xizmati butun O‘zbekiston bo‘ylab iste'molchilarga maishiy texnika xaridi va foydalanishning barcha bosqichlarida yordam beradi. LG'ning istalgan mahsulotini xarid qilib,  Siz, uni o‘rnatish, sozlash va foydalanish bo‘yicha tavsiyalar, kafolat muddatlari va shartlari haqida ma'lumotlarni ushbu markaz mutaxassislaridan bilib olishingiz mumkin. Buning uchun shunchaki 0 800 120 2222 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kifoya. O‘zbekiston bo‘ylab barcha qo‘ng‘iroqlar bepul.

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash  markazi mutaxassislari – LG mahsulotlarini xarid qilish mumkin bo‘lgan nuqtalar haqida hamda amaldagi promo aksiyalar xususida ma'lumotlarni taqdim etadi, mahsulotning rusumidan kelib chiqqan holda undan foydalanishning o‘ziga xosliklari to‘g‘risida tushuncha beradi, texnikani ta'mirlash xizmatini ko‘rsatish uchun arizalar qabul qiladi.

Shu o‘rinda LG mahsulotlariga xizmat ko‘rsatish va kafolat muddatlari haqida eslatib o‘tish joiz. Muzlatkich, kir yuvish mashinasi, changyutkich, mikroto‘lqinli pech va konditsionerlarning barcha rusumlari uchun 3 yillik bepul xizmat ko‘rsatish (1 yil kafolat va 2 yil bepul xizmat ko‘rsatish) taqdim etiladi. LG televizor va monitorlari uchun 2 yillik bepul xizmat ko‘rsatish (1 yil kafolat va 1 yil bepul xizmat ko‘rsatish) taqdim etiladi.

Yana bir muhim xabar – LG Electronics'ning rasmiy xizmat markazi «Mutaxassis tashrifini 2 soatlik aniqlik bilan rejalashtirish» dasturini ishga tushirdi. Dastur sinov sifatida 2020 yilning dekabr oyi yakunida start oldi. Fevral oyida dastur to‘liq quvvatda ishga tushadi va undan LG rasmiy xizmat markazi mavjud bo‘lgan shaharlarda – birinchilardan bo‘lib Samarqand va Buxoroda foydalanish mumkin bo‘ladi. Endilikda mijoz mutaxassisning kelishi uchun o‘ziga qulay bo‘lgan ikki soatni belgilaydi, kutishga ortiqcha vaqt sarflashga hojat qolmaydi.

Life’s Good (Yaxshi hayot) o‘zgarmas shioriga amal qilgan holda, LG iste'molchilar hayotini yanada yaxshiroq qilishga harakat qiladi. Aynan shu maqsadda kompaniyaning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi doimiy ravishda rivojlanib va takomillashib boruvchi yangi xizmatni joriy qilishda davom etadi.

Reklama huquqi asosida

Top