Jahon | 15:07 / 30.01.2021
10405
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada koronavirusning uchinchi to‘lqini qachon boshlanishi aytildi

Myasnikovning aytishicha, pandemiyaning uchinchi to‘lqinidan yo‘qotishlarsiz o‘tish uchun hozirdan emlanish zarur. 

Foto: Mixail Metsel/TASS

Shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov Rossiyada koronavirusning yangi to‘lqini boshlanadigan muddatni aytdi. U bu haqda o‘z Telegram-kanalida yozdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda pandemiya tabiiy o‘sish bosqichiga kirdi, bu esa uning uch oylik davriyligi haqidagi taxminni tasdiqlaydi.

«Demak, yozga borib yana o‘sishni kutish mumkin», — deb yozdi u.

 Myasnikovning aytishicha, pandemiyaning uchinchi to‘lqinidan yo‘qotishlarsiz o‘tish uchun hozirdan emlanish zarur. 

 Avvalroq Myasnikov Microsoft asoschisi Bill Geytsning insoniyatni yangi jiddiy pandemiya kutayotganligi to‘g‘risidagi fikriga qo‘shilgandi. 

 Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus yuqtirganlar soni 3,8 milliondan oshgan, 72 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid