Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Prezident sovg‘asi sifatida berilgan uy uchun qalbaki kadastr hujjati tayyorlagan shaxslar ushlandi
2021 yil 23 yanvar kuni Ichki ishlar vazirligiga fuqaro G.N. ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi.
Arizada ko‘rsatilishicha, u pul zarurligi tufayli "Tohir" va "Gulmira" ismli shaxslardan 10 000 AQSh dollari qarzdor bo‘lib qoladi. Biroz vaqt o‘tgach, ular bergan qarzini foizi bilan, 17 300 AQSh dollari qilib qaytarib berishini talab qilishadi.
Fuqaro G.N. buncha pul topolmagach, "Tohir" va "Gulmira" unga yashash xonadonini sotib, pullarni berishini talab qiladilar.
U esa ushbu xonadon ularga ko‘p bolali oila bo‘lishganligi uchun Prezident sovg‘asi sifatida berilganini, uyning kadastr hujjatlari hali rasmiylashtirilmaganini aytadi.
Bundan foydalangan "Tohir" va "Gulmira" firibgarlik yo‘li bilan mo‘may daromadni qo‘lga kiritish maqsadida til biriktirib, unga uy uchun kadastr hujjatini tayyorlab berishlarini aytishadi.
So‘ngra uyning kadastr hujjatini 10 000 AQSh dollari evaziga Mirobod tumani hokimligidagi tanishlari orqali rasmiylashtirganini aytib, ushbu pullarni ham qo‘shib, jami 27 300 AQSh dollarini berishini talab qiladilar.
Mazkur arizaga asosan, shu kuni IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqarolar U.T. va A.G. Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli ko‘chasidagi "Yalpiz" nomli kafeda ariza muallifi G.N.dan 27 300 AQSh dollarini olib, unga soxta kadastr hujjatini berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ko‘rilgan choralar natijasida U.T. ushbu qalbaki hujjatni o‘ziga tegishli noutbukda yasagani aniqlanib, noutbuk ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamenti Yakkasaroy tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi, 28,211-moddasi 1-qismi va 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:42 / 06.07.2026
Toshkentda qurilishdagi avariyadan keyin kanalizatsiya suvi Salor kanaliga oqizildi
17:43 / 23.06.2026
Toshkentning 4 ta tumanida soliq inspeksiyalari rahbarlari o‘zgardi
10:59 / 13.06.2026
Yakkasaroyda ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi
08:45 / 12.06.2026