Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qorabog‘da yarashuv ortidan kuzatuvchi Turkiya-Rossiya markazi ochildi
Tog‘li Qorabog‘da yarashuv kelishuvlari ortidan kuzatuv olib boruvchi Turkiya-Rossiya monitoring markazi o‘z ishini boshladi.
Anadolu axborot agentligining xabar berishicha, markaz Ozarboyjonning Ag‘dam tumani Marzili qishlog‘i yaqinida qurilgan. Uning ochilishi marosimida Ozarboyjon mudofaa vaziri Zokir Gasanov, Turkiya milliy mudofaa vaziri o‘rinbosari Yunus Emre Qoraosmono‘g‘lu, Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin va boshqa mas'ul shaxslar ishtirok etgan.
Turkiya mudofaa vazirligi vakilining ta'kidlashicha, markazning vazifalariga Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochish rejimini nazorat qilish, rejimning buzilishi holatlarining qayd qilinishi, tomonlar shikoyatlari va muammolarini ko‘rib chiqish, qoidabuzarliklar oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish kiradi.
Qo‘shma markaz shaxsiy tarkibiga har ikkala tomondan 60 nafardan harbiy xizmatchi taqdim qilingan. Markaz ixtilof tomonlarining harbiy boshqarmalari va Rossiya tinchlikparvar kontingenti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa liniyalariga ega.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026