Navbatdagi manzilimiz – Farğona viloyati Qöştepa tumani Langar mahallasi böldi.

Mahallaga kirib borarkanmiz, dastlab diqqatimizni tortgan narsa – qaçonlardir mahalla ahli haşar yöllari bilan tiklagan simyoğoçlar böldi.

Simyoğoçlar allaqaçonlar muddatini ötab bölgan, tagidan yemirilib, çirib bölgan. Ayrim joylarda esa qölbola simyoğoçlar ham yöq, simlarni uylarning tomiga örnatilgan yoğoçlar uşlab turibdi.

Uzoqdan çelaklar kötarib kelayotgan odamlar mahallaga içimlik suvi hamon tortilmaganidan darak berardi. Kimdir aravada, boşqasi qölida suv idiş kötargança köçadan kelardi.

Köçada eşak aravalarga ötin, çarm, plastik idişlar ortib kelayotgan bolakaylar, daraxtning kesilgan şoxini tirkama aravalarda maşinasida tortib kelayotgan odamlarga közimiz tuşdi.

Tirikçilik taşvişida qişloqda tinim yöq. Xonadonlardagi mörilardan tutun böralab çiqayotganiga qaraganda, qişloq gaz tarmoğidan ham mosuvo. Oilalar isiniş uçun peçkalarga ötin va kömir qalaşmoqda.

Köçalarini aylanar ekanmiz, suvoqlari köçgan, bir qaraşda ğaribroq köringan xonadon e'tiborimizni tortdi.

Xonadonga kirişdan avval mahalla faollaridan oilaning bugungi ijtimoiy ahvoli haqida söradik.

Mahalla ahlining aytişiga qaraganda, bu uyda umrguzaronlik qilgan oila boşi Xudoyberdi aka 2009 yilda vafot etgan. Hozirda rözğor tebratiş vazifasi uning bevasi Şoira opaning gardanida ekan.