Jahon | 22:18 / 02.02.2021
10293
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi Qizil maydon vaqtincha yopildi

2 fevral kuni politsiya talabi bilan Moskva shahar sudi atrofidagi bir nechta ko‘chalarda harakatlanish cheklandi.

Foto: Exo Moskvy

Moskvadagi Qizil maydonga tashrif buyuruvchilarning kirishi vaqtincha taqiqlandi. Bu haqda «Exo Moskvi» radiostansiyaning Twitter-akkauntida xabar qilinmoqda.

«Qizil maydonga kirish yopildi, atrofda juda ko‘p politsiya va kuch tuzilmalari mashinalari turibdi», — deyiladi xabarda.

 RIA Novostining federal qo‘riqlash xizmati vakillariga tayanib xabar qilishicha, ushbu chora huquqni muhofaza qilish organlari so‘roviga asosan amalga oshirildi.

2 fevral kuni politsiya talabi bilan Moskva shahar sudi atrofidagi bir nechta ko‘chalarda harakatlanish cheklandi. Ushbu chora muxolifatchi Aleksey Navalniy ustidan o‘tkazilayotgan sud majlisi fonida qabul qilindi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid